Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Falcon-9 raketasining parvozi oxirgi lahzada bekor qilindi
SpaceX kompaniyasining yangi Falcon-9 raketa-tashuvchisining Bangladesh uchun ilk sun'iy yo‘ldosh bilan parvozi oxirgi lahzada bekor qilindi.
Raketa Toshkent vaqti bilan 11 may kuni soat 1.42da amalga oshirilishi kerak edi, biroq keyin soat 2.47ga ko‘chirilgan. Ammo belgilangan vaqtga bir daqiqa qolganda parvoz yana bekor qilingan. Buning sabablari ma'lum qilinmagan.
Parvoz amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan keyingi vaqt Toshkent vaqti bilan 12 may soat 1.12ga belgilangan.
Raketa orbitaga “Bangabandu-1” sun'iy yo‘ldoshini olib chiqishi kerak edi. U Bangladesh uchun Thales Alenia Space fransuz-italiyan kompaniyasi tomonidan yaratilgan. Ushbu sun'iy yo‘ldosh Bangladeshga 250 mln dollarga aylangan.
Bundan tashqari, ushbu parvoz raketaning 5-raqamli modifikatsiyasining ilk parvozi bo‘ladi. Space.com portalining yozishicha, raketaning yangilangan birinchi pog‘onasi Yerga qaytarilgandan keyin ta'mirsiz 10 ta startni, ta'mirlash bilan esa 100 ta startni amalga oshirishga mo‘ljallangan. Avvalgi birinchi pog‘onani faqat 2 marta qayta qo‘llash mumkin edi.
Mavzuga oid
08:54 / 03.06.2026
BMT Bosh assambleyasiga yangi rais saylandi
13:18 / 01.12.2025
O‘zbekiston Bangladesh kompaniyalari uchun tranzit va ishlab chiqarish habi bo‘lishi mumkin
09:43 / 27.11.2025
Bangladeshda O‘zbekistonning yangi elchisi ishonch yorliqlarini topshirdi
16:11 / 17.11.2025