Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya va KXDR yetakchilari ilk bor “qaynoq” liniya orqali muloqot qilishadi
Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In shimoliy koreyalik hamkasbi Kim Chen In bilan KXDR- AQSh sammitidan oldin “qaynoq” telefon liniyasi orqali muloqot qiladi. Bu haqda Janubiy Koreya prezidenti vakiliga iqtibos keltirgan holda “Ryonxap” axborot agentligi xabar berdi.
“Qo‘ng‘iroq yaqin orada amalga oshiriladi”, deb aytgan manba. Bu qo‘ng‘iroq ikki davlat yetakchisi o‘rtasida o‘rnatilgan “qaynoq liniya” orqali amalga oshiriladigan ilk shunday muloqot bo‘ladi.
Janubiy Koreya prezidenti ma'muriyati rasmiy vakili Kim Iy Gyom jurnalistlarga prezident saroyi 12 iyunda Singapurda KXDR-AQSh sammiti o‘tkazilishini ma'qullashini aytgan.
“Biz 12 iyunda Singapurda KXDR-AQSh sammiti o‘tkazilishini qutlaymiz. Umid qilamizki, sammit davomida Koreya yarimorolini yadroviy qurolsizlantirish va abadiy tinchlik o‘rnatilishiga muvaffaq bo‘linadi”, deb aytgan Kim Iy Gyom.
Avvalroq Shimoliy Koreya va AQSh yetakchilarining tarixiy uchrashuvi 12 iyunda Singapurda bo‘lib o‘tishi ma'lum bo‘ldi.
Mavzuga oid
09:03 / 27.05.2026
Shimoliy Koreya bir nechta turdagi raketalarni sinovdan o‘tkazdi
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
19:26 / 06.05.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimiga nisbatan hukmni og‘irlashtirgan sudya o‘lik holda topildi
16:10 / 27.04.2026