Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdusalom Azizov AQSh generali Jozef Votell bilan uchrashdi
12 may kuni O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri general-mayor Abdusalom Azizov Amerika Qo‘shma Shtatlari qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonlik qo‘mondoni general Jozef Votell boshchiligidagi harbiy delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda KUN.UZ’ga Mudofaa vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda mudofaa sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati muhokama qilinib, harbiy ta'lim va mudofaa sohalarida istiqboldagi rejalar belgilab olindi. O‘zaro manfaatli hamkorliklarni kuchaytirish borasida fikrlar almashildi.
Suhbatda mamlakatlar o‘rtasida harbiy sohada hamkorlik yo‘nalishlarida o‘sish sur'atlari ortib borayotgani alohida ta'kidlandi.

Ta'kidlash kerakki, harbiy ilm-fan markaziga aylangan O‘zbekiston Qurolli Kuchlar akademiyasida AQSh harbiy mutaxassislari tomonidan seminar-trening mashg‘ulotlari hamda soha bo‘yicha tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yilgan.
Uchrashuvda AQShning O‘zbekistondagi elchisi Pamela Spratlen ham ishtirok etdi.
13 may kuni AQSh harbiy delegatsiyasi Samarqand shahrining tarixiy va madaniy merosi bilan yaqindan tanishishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
13:30 / 07.02.2026
AQSh elchisi Polsha Seymi spikeri bilan aloqalarni uzmoqda
11:19 / 07.02.2026
Tramp: Eron bilan muzokaralar yaxshi ketyapti, unga kelishuv qiziq
09:31 / 07.02.2026
Tramp Hindistonga Rossiyadan neft sotib olishdan voz kechishi evaziga boj to‘lovlarini bekor qildi
09:02 / 07.02.2026