Jahon | 15:49 / 12.05.2018
16618
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh generali: Rossiyada faqat kuchni hurmat qilishadi

Foto: stripes.com

AQSh quruqlikdagi qo‘shinlari qo‘mondoni, general-leytenant Ben Xojyesning ma'lum qilishicha, Rossiya «faqat kuchni hurmat qiladi». Bu haqda u Polshaning TVN telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

«Biz Moskva bilan qandaydir bitimni imzolayotgan paytimizda juda ehtiyotkor bo‘lishimiz kerak. Bu buyuk tarixga ega davlat, biroq ular faqat kuchni hurmat qiladi. Agarda bizning ittifoq birdamlik va qat'iylikni ko‘rsatmasa, unda faqat tajovuzkorlikni rag‘batlantirgan bo‘lamiz», - deya aytib o‘tdi Xojyes.

Uning ta'kidlashicha, Rossiya YeI va NATO «prinsiplarini qo‘porib tashlamoqchi» hamda NATO Yevropadagi o‘z ittifoqchilarini himoya qila olmasligini ko‘rsatib bermoqchi.

«Bu shuni anglatadiki, biz gibridli urush, yolg‘on axborot tarqatish, yadroviy tahdid va kiberhujumlarga to‘qnash kelmoqdamiz», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi general.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Alyaska yaqinida Rossiya bombardimonchi samolyotlari payqalganini ma'lum qilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid