Jahon | 09:37 / 12.05.2018
22254
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Alyaska yaqinida Rossiya bombardimonchi samolyotlari payqalganini ma'lum qildi

Foto: AQSh harbiy havo kuchlari

AQShning F-22 qiruvchilari Alyaska qirg‘oqlari yaqinidagi havo hududida Rossiyaning Tu-95 bombardimonchi samolyotlarini tutib oldi. Bu haqda CNN Shimoliy Amerika havo-kosmik mudofaa qo‘mondonligiga asosan xabar bermoqda.

«Alyaskada joylashtirilgan ikkita F-22 qiruvchisi uzoq masofalarga mo‘ljallangan ikkita Tu-95 bombardimonchisini tutib olishdi. Bombardimonchilar Alyaska g‘arbiy qirg‘og‘i yaqinida, Aleut orollari yonida, havo hujumidan mudofaa kuchlari zonasida parvoz qilgan», - deyiladi qo‘mondonlik xabarida.

Xabar qilinishicha, qiruvchilar bombardimonchilarni, ular havo hujumidan mudofaa kuchlari hududini tark etmagunicha, «tutib olgan va kuzatib borgan». Ta'kidlanishicha, Rossiya samolyotlari AQSh havo hududiga kirmagan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов

Mavzuga oid