Sport | 21:14 / 12.05.2018
9205
3 daqiqa o‘qiladi

Bundesliga so‘nggi turi: «Bavariya»ning yirik mag‘lubiyati, «Hoffenhaym» Chempionlar Ligasida va boshqa voqealar

Germaniya chempionatida so‘nggi tur o‘yinlari «quvnoq» tarzda o‘tdi. 

Foto: FC Bayern München

Hech narsa uchun kurashmaydigan ko‘pchilik jamoalar muxlislarga sermahsul bahslarni taqdim qilishdi. 9ta o‘yinda jami 36ta gol urildi.

Muddatidan oldin chempion bo‘lgan «Bavariya» o‘z maydonida «Shtutgart»ga 1:4 hisobida yutqazdi.

«Hoffenhaym» o‘z maydonida «Borussiya» D klubini yengib, Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Endi Yulian Nagelsmann shogirdlari «Bavariya», «Borussiya» D  va «Shalke» bilan birga kelasi mavsumda Chempionlar Ligasi guruh bosqichida ishtirok etadi.

«Bayyer» va «RB Leyptsig» Yevropa Ligasida ishtirok etadigan bo‘ldi. Qizig‘i shundaki, Leverkuzen klubiga Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun 3ta gol yetmay qoldi. Jamoa to‘plar nisbatiga ko‘ra, 4-o‘rinni «Borussiya» D klubiga boy berdi.

«Volfsburg» jon saqlab qolish uchun o‘tish turnirida qatnashadigan bo‘ldi. «Hamburg» va «Kyoln» Bundesligani tark etdi.

Germaniya chempionati, 34-tur
12 may

Volfsburg – Kyoln - 4:1 
Gollar: 1:0 – 1 Gilavogi, 1:1 – 32 Xektor, 2:1 – 54 Origi, 3:1 – 71 Knoxe, 4:1 – 90 Brekalo. 

Maynts – Verder - 1:2 
Gollar: 1:0 – 12 Gbamen, 1:1 – 23 Kaynts, 1:2 – 79 Gebre Selassiye. 

Bayyer – Hannover 96 - 3:2 
Gollar: 1:0 – 3 Alario, 2:0 – 18 Alario, 3:0 – 55 Brandt, 3:1 – 90 Fyullkrug, 3:2 – 90 Xarnik. 

Bavariya – Shtutgart - 1:4 
Gollar: 0:1 – 5 Ginchek, 1:1 – 21 Tolisso, 1:2 – 42 Donis, 1:3 – 52 Akolo, 1:4 – 55 Ginchek. 

Hoffenhaym-1899 – Borussiya D - 3:1 
Gollar: 1:0 – 26 Kramarich, 1:1 – 58 Roys, 2:1 – 63 Salai, 3:1 – 73 Kaderjabek. 

Herta – RB Leyptsig - 2:6 
Gollar: 0:1 – 2 Upamekano, 1:1 – 4 Ibishevich, 1:2 – 8 Lukman, 1:3 – 22 Ogyusten, 1:4 – 49 Verner, 1:5 – 54 Ogyusten, 2:5 – 64 Kalu, 2:6 – 82 Bruma. 

Frayburg – Augsburg - 2:0 
Gollar: 1:0 – 49 Xefler, 2:0 – 65 Klyayndinst. 

Shalke-04 – Ayntraxt F - 1:0 
Gol: 1:0 – 26 Burgshtaller. 

Hamburg – Borussiya M - 2:1 (o‘yin muxlislar tartibsizligi tufayli 90-daqiqada to‘xtatildi)

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов

Mavzuga oid