Shohjahon Ergashev Osiyo va Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan bo‘ldi
Professional boksda WBA International kamari sohibiga aylangan Shohjahon Ergashev Milliy olimpiya qo‘mitasida mehmon bo‘ldi.
Sportchini Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov qabul qildi. Uchrashuvda MOQ rahbari Shohjahon uchun zarur bo‘lgan barcha shart-sharoitlarni yaratib berishga, lozim bo‘lsa chiptadan tortib mehmonxona xarajatlari masalalarida ham yordam berishga tayyor ekanligini, Shohjahondan esa faqat va faqat yurtimiz bayrog‘ini yuqorilarga ko‘tarib yurishini kutayotganligini ma'lum qildi.

Bokschiga Osiyo va Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish taklif qilindi. Shohjahon ushbu taklifga jon-jon deb rozi bo‘lishini aytgan.
«Shoxjahon Ergashevdek yigitlarimiz kam. Uning qayd etayotgan natijalarini amalga oshirish hammaning ham qo‘lidan kelavermaydi. Shohjahon shu yil Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlariga ham borishi kerak. Kerak bo‘lsa, u musobaqaning ochilish marosimida delegatsiyamiz bayroqdori vazifasini bajaradi. Kelajakda undan yanada yuksak natijalarni kutib qolamiz», – dedi Ahmadjonov MOQ matbuot xizmatiga bergan intervyusida.
O‘z navbatida Shohjahon Ergashev o‘ziga bildirilayotgan ishonchni oqlashga, kelajakda bundan ham nufuzliroq kamarlarni qo‘lga kiritishga va'da berdi.
Mavzuga oid

15:28 / 20.03.2025
Boks 2028 yilgi Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritildi

14:26 / 13.02.2025
Prezident olimpiya harakatini rivojlantirish bo‘yicha yangi tashabbuslarni ilgari surdi

12:29 / 13.02.2025
«Los-Anjyelesda kuchli o‘ntalikka kirish maqsad qilingan» - prezident

10:08 / 28.07.2024