Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida 13 fevral kuni olimpiya va paralimpiya harakatini yanada rivojlantiriş, ommaviy sportni yangi bosqiçga olib çiqiş hamda aholi jismoniy faolligini oşiriş çora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yiğilişi ötkazildi.

Prezident mavjud salohiyat töliq işga solinmayotgan sport turlariga alohida töxtaldi. 

Masalan, badmintonda birorta litsenziya qölga kiritilmagan. Kamondan otiş sport turi böyiça bor-yöği 3 ta litsenziya olingan.

Olimpiya öyinlarida yengil atletika turlari böyiça 48 ta dastur bor. Lekin yengil atletika federatsiyasi sönggi olimpiadada 5 ta litsenziya qölga kiritdi, xolos. 

Yadro, disk, nayza uloqtiriş, sakraş sport turlarida birorta litsenziya olinmadi. Yoki, 49 ta suv sporti dasturidan bor-yöği 4 tasi böyiça litsenziya qölga kiritilgan.

Öq otiş sportini rivojlantiriş uçun mudofaa tizimi va «Vatanparvar» taşkilotida barça şaroit yaratilgan. Lekin özbekistonlik birorta sportçi Olimpiadaga bormadi.

Mamlakatda yakkakuraş sport turlari, milliy kuraş rivojlangan bölsa-da, yunon-rum kuraşi böyiça atigi 3 ta litsenziya olingan. 

Ötgan yili baydarka va kanoeda eşkak eşiş böyiça jahon çempionati ilk bor yurtimizda ötkazildi. Lekin unda yurtimiz birorta ham medal qölga kiritmadi.

Hokimlarning ham bu boradagi mas’uliyati umuman sezilmayotgani qayd etildi. Ular sport federatsiyalarining hududiy bölimlari rahbarlarini tanimasligi, sportçi va trenerlarni qabul qilmasligi, sportçilar xalqaro musobaqada natija qilganidan keyingina bundan xabar topişi körsatib ötildi.

Masalan, ötgan yili olimpiya sport turlari böyiça ötkazilgan jahon çempionatlarida sportçilarimiz 58 ta medal qölga kiritdi. Lekin Navoiy, Surxondaryo va Qaşqadaryo sportçilari bu çempionatlarda birorta ham medal olmagan.

Parij Olimpiya va Paralimpiya öyinlariga qölga kiritilgan litsenziyalar Navoiy  va Qoraqalpoğistonda eng kam.

Şu bois yondaşuvlarni hozirdan özgartirib, yoşlarni sportga, ayniqsa, olimpiya sport turlariga tayyorlaş, ularni seleksiya qiliş, iqtidorli sportçi va murabbiylarni rağbatlantiriş böyiça mutlaqo yangi tizim yaratiş zarurligi körsatib ötildi.

Sportda adolat örnatiş, sportçi va murabbiylarga manfaat olib keliş va sohani raqamlaştiriş mutasaddilar, sport federatsiyalari rahbarlari va hokimlar faoliyatini baholaşda boş mezon bölişi belgilab olindi.

Majlisda davlat rahbari olimpiya va paralimpiya harakatini rivojlantiriş, seleksiya tizimini takomillaştiriş böyiça yangi taşabbuslarni ilgari surgan.

Los-Anjyelesdagi yozgi Olimpiya va Paralimpiya öyinlariga tayyorgarlik köriş maqsadida Olimpiya qömitasining hududiy bölimlarini taşkil etiş taşabbusi qöllab-quvvatlandi.

Ta’kidlanişiça, Milliy Olimpiya qömitasiga prezident rahbar bölganidek, hududiy bölimlarga viloyat hokimlari boşçilik qiladi.

Hokimlar har bir federatsiya bilan işlab, olimpiya sikli uçun maxsus strategiyasini işlab çiqadi va Milliy olimpiya qömitasi huzurida himoya qiladi.

Barça sport federatsiyalari rahbarlari va viloyat hokimlari amalga oşirayotgan işlari va erişgan natijalari haqida har oyda Olimpiya qömitasida hisobot beradi.

Sportçilarni kelgusi Olimpiadaga tayyorlaş uçun zarur şaroit va infratuzilmaga 300 milliard söm ajratilişi belgilandi.

Bu yilning özida kamida 10 nafardan sportçi va murabbiylarni eng nufuzli xorijiy sport akademiyalarida öqitiş muhimligi ta’kidlandi.