20:44 / 12.05.2018
6795

O‘zbekiston va Qozog‘istonning birgalikdagi ilk gazetasi chop etilmoqchi

O‘zbekiston va Qozog‘istonning birgalikdagi ilk gazetasini mashhur qozoq shoiri Abay Qo‘nanbayevning tavallud kuniga chiqarish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi Yerik Utembayev Xalqaro turk akademiyasining O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan uchrashuvida ma'lum qildi.

“Bugun biz birgalikdagi kitoblar va jurnallarni tayyorlashga yaxshi asos soluvchi hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildik. Shuningdek, lotin tilida chop etiladigan qo‘shma gazetaning chop etilishi bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bu borada O‘zbekistonda tajriba, yaxshi uslubiy yondashuvlar bor. Biz birgalikda lotin tilida yangi asarlar yaratishimiz mumkin”, deb aytgan Utembayev.

Foto: Kazinform

Utembayevning ta'kidlashicha, mutolaachilarda bunday nashrlar orqali O‘zbekiston va Qozog‘iston hayoti haqida batafsil ma'lumotlarni bilish imkoni paydo bo‘ladi.

“Shuningdek, yo‘l xaritasini yaratishni muhokama qildik. Biz ikki xalqning kelajagini ko‘rsatishimiz kerak. Bu xarita yangi asarlar yaratishga ko‘mak beradi. Ular aholining keng qatlami uchun mo‘ljallanadi. Birinchi qo‘shma gazetani avgustda o‘tadigan buyuk Abay Qo‘nanbayevning tavallud kuniga tayyorlashni rejalashtirmoqdamiz. Shuningdek, “Abayxonlik” tadbirlari o‘tkaziladi”, deb ma'lum qilgan Qozog‘iston elchisi.

Top