O‘zbekistonda afv etish tartibi qanday amalga oshiriladi?

Foto: Xushnudbek.uz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining afv etishni amalga oshirish bo‘yicha konstitutsiyaviy vakolatini ro‘yobga chiqarish mexanizmlarini yanada takomillashtirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasida afv etishni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, afv etish mahkumni jazodan to‘liq yoki qisman ozod etadigan yoki sud tomonidan tayinlangan jazoni boshqa yengilroq jazo bilan almashtiradigan yoxud sudlanganlikni olib tashlaydigan insonparvarlik akti hisoblanadi. Afv etish muayyan mahkumga nisbatan individual tartibda amalga oshiriladi hamda uni oqlaydigan va u tomonidan jinoyat sodir etganlik faktini bartaraf qiladigan holat hisoblanmaydi. Afv etish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonini qabul qilish orqali amalga oshiriladi.
Hujjatda ma'lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti o‘z ixtiyoriga ko‘ra istalgan mahkumni yoki jazoni o‘tab bo‘lgan shaxsni afv etishi mumkin. Afv etish O‘zbekiston Respublikasi sudlari tomonidan hukm qilingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga, chet el fuqarolariga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi.
Afv etish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
- asosiy va ijro etilmagan qo‘shimcha jazodan to‘liq yoki qisman ozod qilish;
- jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish;
- umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini yoki jazoning o‘talmagan qismini yengilroq jazo bilan almashtirish;
- sudlanganlikni olib tashlash.
Afv etish to‘g‘risidagi iltimosnomalarni dastlabki tarzda ko‘rib chiqish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi maslahat-kengash organi hisoblangan Komissiya tomonidan amalga oshiriladi. Komissiya tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, shuningdek, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi va Xotin-qizlar qo‘mitasi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi hamda «Nuroniy» jamg‘armasi vakillari kiritiladi. Uning tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a'zolari, shuningdek, boshqa davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari hamda boshqa shaxslar ham kiritilishi mumkin.
Afv etish to‘g‘risidagi iltimosnoma mahkum yoki jazoni o‘tab bo‘lgan shaxs, shuningdek, qonun hujjatlari bilan afv etish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish huquqi berilgan shaxs (organ)lar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga yozma shaklda beriladi. Agar iltimosnoma qonun hujjatlari bilan afv etish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish huquqi berilgan shaxs (organ) tomonidan berilgan bo‘lsa, mahkumning yozma roziligi olinishi shart.
Afv etish to‘g‘risidagi iltimosnoma sud hukmi qonuniy kuchga kirgandan keyin quyidagi muddatlarda berilishi mumkin:
- umrbod ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan shaxs tomonidan u tayinlangan jazoning yigirma besh yilini haqiqatda o‘tab bo‘lganidan keyin, agar jazoni o‘tash davrida mahkum qat'iy tuzalish yo‘liga o‘tgan, belgilangan tartibni buzganlik uchun intizomiy jazo olmagan, mehnat va o‘qishga nisbatan vijdonan munosabatda bo‘layotgan, tarbiyaviy tadbirlar o‘tkazishda faol ishtirok etayotgan taqdirda tayinlangan jazoning yigirma yilini haqiqatda o‘tab bo‘lganidan keyin;
- uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan shaxs tomonidan u tayinlangan jazo muddatining yigirma yilini haqiqatda o‘tab bo‘lganidan keyin, agar jazoni o‘tash davrida mahkum qat'iy tuzalish yo‘liga o‘tgan, belgilangan tartibni buzganlik uchun intizomiy jazo olmagan, mehnat va o‘qishga nisbatan vijdonan munosabatda bo‘layotgan, tarbiyaviy tadbirlar o‘tkazishda faol ishtirok etayotgan taqdirda esa, tayinlangan jazoning o‘n besh yilini haqiqatda o‘tab bo‘lganidan keyin;
- boshqa jazoga hukm etilgan shaxs tomonidan o‘talgan (ijro etilgan) jazo muddati (hajmi)dan qat'i nazar, ushbu bandning «g» kichik bandida ko‘rsatilgan shaxslar bundan mustasno;
- ilgari amnistiya akti asosida jinoiy javobgarlikdan ozod etilgan, shartli hukm qilingan, muddatidan ilgari shartli ravishda, amnistiya akti va afv etish asosida jazodan ozod qilingan, shuningdek, o‘ziga nisbatan yengilroq jazo bilan almashtirish qo‘llanilgan hamda yana qasddan jinoyat sodir etgan shaxs, xuddi shuningdek, o‘ta xavfli retsidivist tomonidan u tayinlangan jazo muddatining kamida uchdan bir qismini haqiqatda o‘tab bo‘lganidan keyin, ushbu bandning «a» va «b» kichik bandlarida ko‘rsatilgan shaxslar bundan mustasno.
Afv etish to‘g‘risidagi iltimosnoma Sho‘'baga:
- jazoni ijro etish muassasasining ma'muriyati yoki hukmni ijro etuvchi boshqa organ orqali;
- sudlanganlikni olib tashlash bo‘yicha afv etish to‘g‘risidagi iltimosnoma berilgan hollarda mustaqil ravishda yuboriladi.
Afv etish to‘g‘risidagi iltimosnomani Komissiya tomonidan ko‘rib chiqish muddati iltimosnoma kelib tushgan kundan boshlab uch oydan oshmasligi lozim.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sanoat hamkorligini mustahkamlash: O‘zbekistonda “INNOPROM. Markaziy Osiyo” yubiley ko‘rgazmasi
O‘zbekiston | 15:00
-
Turkiya muxolifati Imomo‘g‘lining hibsga olinishiga qarshi namoyishlarni davom ettiradi
Jahon | 14:50
-
«Paxtakor» «So‘g‘diyona»ga ham yutqazdi, «Bunyodkor» birinchi o‘rinda
Sport | 14:40
-
O‘zbekiston va Turkiya imtiyozli savdo to‘g‘risidagi shartnomani yangilaydi
Iqtisodiyot | 14:15
Mavzuga oid

11:34 / 09.12.2024
“Ozodlikning qadrini hech narsa bilan o‘lchab bo‘lmaydi” - afv etilganlar hikoyasi

20:26 / 20.01.2021
Tramp prezidentligining oxirgi kuni 73 kishini afv etdi

01:07 / 26.04.2020
Saudiya Arabistoni darra urib jazolashdan voz kechmoqda

22:57 / 11.12.2019