Sport | 23:15 / 13.05.2018
3893
4 daqiqa o‘qiladi

A Seriya. «Milan» va «Latsio» ochko yo‘qotdi, «Fiorentina» o‘z uyida mag‘lub bo‘ldi

Foto: Twitter/ACMilan

Italiya A Seriyasi 37-turining navbatdagi o‘yinlari o‘z nihoyasiga yetdi. 

"Milan" safarda "Atalanta"ga qarshi maydonga chiqib, 1:1 hisobidagi durang qayd etdi. 60-daqiqada Kessie mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, Masello so‘nggi daqiqalarda hisobni tenglashtirishga erishdi. 

"Fiorentina" o‘z maydonida "Kalyari"ni qabul qilib, kichik hisobda mag‘lub bo‘ldi. 

O‘yindagi yagona gol 37-daqiqada Pavoletti tomonidan kiritildi. 

"Krotone" uyiga safar qilgan "Latsio" 2:2 hisobida durang o‘ynadi. 

Maydon egalari safida Simi hamda Chekkerini gol urgan bo‘lsa, mehmonlarning gollariga Lulich hamda Milinkovich-Savich mualliflik qildi. 

Atalanta – Milan 1:1 

Gollar: 0:1 – 60 Kessie, 1:1 – 90 Masello.
Atalanta – Berisha, Gosens, Toloi, Masello, Kastan (Xatebur, 79), de Ron, Froyler, Gomes, Kristante (Xaas, 69), Kaldara, Barrou (Ilichich, 55).
Milan – Donnarumma, Abate, Romanoli, Rodriges, Bonuchchi, Bigliya (Montolivo, 46), Bonaventura (Borini, 83), Chalxanoglu, Kessie, Suso (Lokatelli, 78), Kalinich.
Ogohlantirishlar: Masello (13), Abate (17), de Ron (28), Kalinich (32), Toloi (64), Chalxanoglu (66), Romanoli (69), Gosens (73), Ilichich (86), Borini (87), Donnarumma (90).
Chetlatishlar: Toloi (64), Montolivo (75).

Krotone – Latsio 2:2

Gollar: 0:1 – 17, penalti Lulich, 1:1 – 29 Simi, 2:1 – 61 Chekkerini, 2:2 – 84 Milinkovich-Savich.
Krotone – Kordats, Sampirizi, Chekkerini, Kapuano, Martella, Barberis (Richchi, 89), Mandragora, Roden, Faraoni (Stoyan, 59), Simi, Nalini (Trotta, 74).
Latsio – Strakosha, Uolles, de Vrey, Radu (Kaseres, 55), Basta (Nani, 65), Murdjia (Gabarron, 55), Leyva, Milinkovich-Savich, Lulich, Felipe Anderson, Kaysedo.
Ogohlantirishlar: Radu (20), Murdjia (22), Nalini (36), Nani (69).
 
Fiorentina – Kalyari 0:1

Gol: 0:1 – 37 Pavoletti.
Fiorentina – Sportello, Lorini (Jil Diash, 79), Petstselya, Milenkovich, Biragi, Badel, Veretu, Keza, Esserik (Falchinelli, 46), Benassi (Saponara, 61), Simeone.
Kalyari – Krano, Farago, Pizakane, Cheppitelli, Likoyannis, Deyola (Andreolli, 85), Barella, Padoin, Ionitse (Joao Pedro, 69), Pavoletti, Farias (Dessena, 89).
Ogohlantirishlar: Petstselya (41), Biragi (66), Barella (68), Pavoletti (86), Veretu (90), Cheppitelli (90), Kaligara (90).
Chetlatish: Veretu (90).
 
Qolgan uchrashuvlarda quyidagi natijalar qayd etildi: 

Torino – SPAL 2:1

Gollar: 0:1 – 22 Grassi, 1:1 – 68 Belotti, 2:1 – 87 de Silvestri.
Torino – Sirigu, Nkulu, Burdisso, Moretti, de Silvestri, Rinkon, Bazelli (Edera, 85), Ansaldi (Berenger, 62), Lyayich, Yago Falke (Akkua, 90), Belotti.
SPAL –    Gomis, Skyavon (Skyattarella, 77), Chonek, Salamon, Felipe, Kosta, Grassi (Bonatstsoli, 89), Biler, Kurtich, Paloski (Flokkari, 80), Antenuchchi.
Ogohlantirishlar: Skyavon (27), Rinkon (60), Biler (66), Chonek (68), Kurtich (78), Moretti (83), Salamon (90).
 
Verona – Udineze 0:1 

Gol: 0:1 – 20 Barak.
Verona – Nikolas, Ferrari, Karachcholo, Vukovich (Bearzotti, 74), Suprean (Aarons, 67), Romulo, Fossati, Sukulini (Dantsi, 58), Cherchi, Li Syn U, Fares.
Udineze – Bissarri, Nyuytink, Larangeyra, Samir, Larsen, Barak, Bexrami, Xadlvredsson, Yankto (Lopes, 90), de Paul (Peritsa, 83), Lazanya (Balich, 88).
Ogohlantirishlar: Fossati (28), Samir (41), Bexrami (59), Romulo (74).
 
Bolonya – Kevo 1:2 

Gollar: 1:0 – 12, penalti Verdi, 1:1 – 48 Djakkerini, 1:2 – 60 Ingleze.
Bolonya – Mirante, Mbayye, De Meo, Xelander, Masina, Poli, Pulgar, Djyemaili (Falletti, 62), Palasio (Donsa, 75), Destro (Avenatti, 51), Verdi.
Kevo – Sorrentino, Depaoli (Tsesar, 90), Daynelli, Tomovich, Gobbi, Kastro, Rigoni, Xetemay, Birsa, Ingleze (Stempinski, 83), Djakkerini (Basten, 69).
Ogohlantirishlar: Xetemay (12), Daynelli (17), Xelander (22), Djakkerini (48), Rigoni (63).

Mavzuga oid