«RomaPress» xabariga köra, Özbekiston milliy jamoasi hujumçisiga «Leççe» klubi qiziqiş bildirmoqda. Ötgan mavsum A Seriyada 16-örinni egallagan leççeliklar yangi mavsum oldidan hujum çiziğini Şomurodov bilan kuçaytirmoqçi. Ötiş transfer orqali amalga oşadimi yoki ijara – hozirça noma’lum.

La Gazzetta dello Sport naşrining yozişiça, Şomurodov Joze Mourinoning yangi mavsum uçun rejalaridan örin olmagan. Rim klubi Eldor uçun takliflarni körib çiqişga tayyor. Eldorning rimliklar bilan amaldagi kelişuvi 2026 yilga qadar imzolangan.

Eslatib ötamiz, Şomurodov ötgan mavsumning ikkinçi qismini ijara asosida «Spetsiya»da ötkazib, bu jamoani A Seriyadagi örnini saqlab qolişga yordam bera olmadi. U 16 öyinda bitta gol va 2ta assistga mualliflik qildi.