17:50 / 13.05.2018
10066

Klopp to‘rtlikda, Gvardiola rekordlar kitobida. APLda oxirgi tur arafasi

«Tribuna» Angliya chempionatining 38-tur uchrashuvlari anonsini keltiradi.

13 may, yakshanba
17.00. HADDeRSFILD – ARSeNAL. «Tribuna» prognozi – 0:3.
17.00. LIVeRPUL – BRAYTON. «Tribuna» prognozi – 3:0.
17.00. VeST HEM – EVeRTON. «Tribuna» prognozi – 2:1.
17.00. SAUTHeMPTON – MANCheSTeR SITI. «Tribuna» prognozi – 0:2.
17.00. TOTTeNHEM – LeSTeR. «Tribuna» prognozi – 3:1.
17.00. BYoRNLI – BORNMUT. «Tribuna» prognozi – 1:2. 
17.00. SUONSI – STOK SITI. «Tribuna» prognozi – 2:2.
17.00. NYuKASL – CheLSI. «Tribuna» prognozi – 1:0.
17.00. KRISTAL PELAS – VeST BROMVICh. «Tribuna» prognozi – 2:0.
17.00. MANCheSTeR YuNAYTeD – UOTFORD. «Tribuna» prognozi – 0:0.

«Liverpul» joyida qoladi, Saloh gol uradimi?

O‘tgan hafta o‘rtasida o‘tkazilgan qoldirilgan uchrashuvlar vaqtida Chempionlar ligasi yo‘llanmasini uchun vakantlar soni yana bittaga qisqardi, «Manchester Siti» va «Manchester Yunayted» ortidan «Tottenhem» ham yo‘llanmani naq qildi. Chunki, «Chelsi» «Haddersfild»ni yenga olmadi va uchinchi o‘rindagi «Tottenhem»ga yeta olmaydigan bo‘ldi. Endi yagona yo‘llanma uchun «Liverpul» asosiy da'vogar, «Chelsi»da faqat nazariy jihatdan imkoniyat qolgan.  

Endi bugun hech kim Antonio Konte shogirdlari Nyukaslda 16:0 hisobida g‘alaba qozonishini kuta olmaydi. Yurgen Klopp jamoasi ham bu turda «Enfild»da «Brayton»ga yutqazishini kutish mantiqdan emas, qolaversa, bu o‘yin avvalida Muhammad Salohda alohida motivatsiya bor, u bugun gol ursa, Premer-liga tarixida bir mavsumda eng ko‘p gol urgan (32 gol) futbolchiga aylanishi mumkin. Lekin unutmaslik kerakki, «Brayton» biroz muqaddam «MYu»ni mag‘lub etgan, «Liverpul»ning misrlik futbolchisi esa chempionatda qatorasiga ikki o‘yinda gol ura olmagan.

Rekordlarni kutib
Saloh haqida aytildi. Yakshanba kuni barchasi uning o‘z qo‘lida, ammo assistentlik rekordi chigal. Mesut O‘zil jarohat tufayli oxirgi tur o‘yinida ham qatnashmaydi, «Arsenal» futbolchisining golli paslari soni 19taligicha qoladi, u bu borada rekordchi Terri Anridan bitta ko‘p natijaga ega.

Statistika ishqibozlari «Manchester Siti»ning Sauthemptondagi o‘yinini kuzatishi kerak. Xosep Gvardiola shogirdlarining chempionlik mavsumida APLning bir qancha yangi rekordlari o‘rnatildi: bir turnirdagi g‘alabalar soni (31), gollar soni (105) va yig‘ilgan ochkolar soni (97). Lekin ochkolar jamg‘arish ko‘rsatkichini bu turda yubiley ko‘rinishga keltirib qo‘yish ham mumkin va bunday natijani kimdir yangilashi amrimahol bo‘ladi. Rekordlar seriyasini «Siti» darvozaboni Ederson davom ettirdi, u uzoq masofaga to‘p yetkazib berish bo‘yicha eng yuqori natijani qayd etib, Ginnes Rekordlar kitobiga kirdi.

Vengerni sharmanda qilmang
28 dekabr kuni hali «Old Trafford»ga qochib ketmagan Aleksis Sanches «Kristal Pelas» darvozasiga safarda 2 gol urdi va «Arsenal» 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. Ammo keyin chililik futbolchi klubini o‘zgartirdi va «Arsenal» tavqi la'nat ostida qoldi. 2018 yil boshidan buyon «kanonirlar» chempionat doirasida safarda 7 uchrashuv o‘tkazdi va biron marta g‘alaba qozona olmadi. O‘z uyida «Arsenal»dan 3 ochko olgan jamoalar qatorida «MYu» va «Tottenhem»dan tashqari, «Bornmut», «Suonsi» va «Brayton» ham bor... Jamoa bunday holatga 1966 yildan buyon tushmagandi. Bu Arsen Venger uchun haqiqiy sharmandali holat. Ushbu mutaxassis bunday sharmandalikka munosib emas va bu safar jamoa «Haddersfild» maydonida g‘alabaga harakat qilishi kerak.

«Suonsi» uchun oqqushlarning g‘amgin qo‘shig‘i
Seshanba kuni «Stok Siti» ligani tark etgani rasman ma'lum bo‘ldi. Ko‘p o‘tmasdan mavsumning ikkinchi omadsizi «Vest Bromvich» ekani oydinlashdi. O‘sha kuni 17-o‘rindagi «Sauthempton» 18-o‘rindagi «Suonsi»ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi va jamoa futbolchilari Manolo Gabbyadini nomini qo‘shiq qilib kuylashdi. Italiyalik hujumchi o‘z goli bilan amalda «Vest Bromvich»ga qo‘shib, «Suonsi»ni ham chempionshipga ravona qilgandi. Shundan so‘ng, 15 yil davomida Uels jamoasida to‘p surgan Leon Britton jamoa bilan xayrlashdi.

Uelsliklar qutulib qolish uchun, «Stok Siti»ni o‘ta yirik hisobda mag‘lub etish va «Manchester Siti» ham «Sauthempton» darvozasiga juda ko‘p gol yo‘llashini kutish kerak. Ayni vaqtda «Suonsi»da to‘plar nisbati «minus 27», «avliyolar»da esa «minus 18». Bunday vaziyatdan «Suonsi» chiqib ketishi deyarli ilojsiz ekanini anglash uchun matematika professori bo‘lish shart emas: keyingi mavsumda ham APLda Uels jamoasi bo‘ladi, ammo bu chempionshipda ikkinchi o‘rin bilan yo‘llanmani qo‘lga kiritgan «Kardiff»dir.

Mavzuga oid
Top