Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Termiz shahri mudofaasi uchun amaliy o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi
Surxondaryo viloyati IIB
Surxondaryo viloyati IIB Harbiy safarbarlik bo‘limi xodimlari tomonidan joriy yilning 10-12 may kunlari 2018 yil uchun mo‘ljallangan o‘quv mashg‘ulotlari yuzasidan Termiz shahar xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi, Mudofaa vazirligining Janubiy G‘arbiy maxsus harbiy okrugi Janubiy operativ yo‘nalishi guruhi, DXX Surxondaryo viloyati boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi, Davlat bojxona boshqarmasi, Prokuratura, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Chegara qo‘shinlari, hokimiyat va keng jamoatchilik vakillari bilan hamkorlikda Termiz shahridagi “Amu-sohillari” va “Jo‘yjangal” mahalla fuqarolar yig‘inlarida maxsus taktik amaliy o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Ushbu tadbirda barcha huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining jangovar shaylik darajasi oshirilib, Termiz shahar hududini favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganida shaxsiy tarkib tomonidan to‘g‘ri qaror qabul qilishi, belgilangan nuqtalarda postlarda xizmat olib borishlari, O‘zbekiston Respublikasi IIVning maxsus rejalariga asosan ishlarni to‘g‘ri tashkillashtirilishi o‘quv mashg‘uloti davomida o‘rganilib, amalda sinovdan o‘tkazildi.
Mavzuga oid
16:43 / 20.02.2026
Surxondaryoda hokim o‘rinbosari tezkor tadbirda qo‘lga olindi
15:09 / 19.02.2026
Surxondaryoda giyohvandlik moddasi bilan ushlanganlar 15 yilga qamaldi
08:18 / 09.02.2026
Surxondaryoda ekologiya bo‘limi rahbari 500 dollar pora bilan ushlandi
18:30 / 25.01.2026