Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT bosh kotibi Isroilni bosiqlikka, falastinliklarni ig‘volar qilmaslikka chaqirdi
Foto: un.org
BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish 14 may kuni G‘azo sektori chegarasidagi to‘qnashuvlarga munosabat bildirib, Isroil xavfsizlik kuchlarini jangovar o‘qlarni qo‘llashdan tiyilishga, falastinliklarni esa ig‘volar amalga oshirmaslikka chaqirdi. Bu haqda jurnalistlarga bosh kotibning rasmiy vakili o‘rinbosari Farxon Haq ma'lum qildi.
Haqning aytishicha, bosh kotib G‘azodagi zo‘ravonlikning avj olgani va ko‘plab falastinliklar o‘ldirilgani hamda yaralanganidan xavotir bildirmoqda. “Isroil xavfsizlik kuchlari jangovar o‘qlarni qo‘llashda maksimal bosiqlikni namoyon qilishlari kerak. XAMAS va namoyishchilar yetakchilari istalgan zo‘ravon harakatlar va ig‘volarning oldini olishga javobgardirlar”, deb aytgan Haq. Uning ta'kidlashicha, yaqin kunlarda yanada kattaroq namoyishlar bo‘lishi kutilmoqda. Haq BMT bosh kotibi nomidan ixtilofning barcha tomonlarini “maksimal bosiqlik ko‘rsatishga va yangi qurbonlar bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirgan”.
G‘azo sektorida ommaviy norozilik namoyishlari mart oxiridan beri davom etib kelmoqda va 14 may kuni AQShning Al-Qudsda elchixonasi ochilishi sababli yangi kuch bilan avj olib ketdi.
Guterrishning aytishicha, mintaqada yuzaga kelgan vaziyat ixtilofning zudlik bilan siyosiy hal qilinishi lozimligini ta'kidlaydi.
Mavzuga oid
22:14 / 20.04.2026
Narkotiklar endi virtual makonda: xalqaro hamjamiyat Samarqandda birlashdi
21:35 / 20.04.2026
BMT Bosh kotibi lavozimiga to‘rt nafar nomzod ko‘rikdan o‘tadi
14:15 / 20.04.2026
Hamas rasmiylari guruh ba’zi qurollarini topshirishga tayyorligini bildirdi
21:22 / 16.04.2026