Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokistonda bir insonning o‘limiga sabab bo‘lgan AQSh diplomatiga davlatni tark etishga ruxsat berildi
Foto: AP Photo / Anjum Naveed
AQSh Davlat departamentidan ma'lum qilishlaricha, Pokiston hukumati Qo‘shma Shtatlarning Islomoboddagi elchixonasi diplomatiga mamlakatni tark etishga ruxsat bergan. U Pokiston poytaxtida o‘lim bilan yakun topgan YTHga aloqador edi, deya xabar qilmoqda RIA «Novosti».
«Shuni tasdiqlashimiz mumkinki, Islomobodda 7 aprel kuni yuz bergan fojiali avtomobil halokatiga aloqador bo‘lgan amerikalik diplomat Pokistonni tark etdi», - deya qayd etib o‘tishgan Davlat departamentidan.
Aprel oyida Geo TV telekanali Pokiston poytaxtida amerikalik harbiy attashe avtomobili ishtirokidagi YTH natijasida mototsiklchi halok bo‘lganini xabar bergandi.
Ta'kidlanishicha, harbiy attasheni diplomatik immuniteti tufayli ushlashmagan, biroq uning avtomobili xatlovga olingan.
Mavzuga oid
10:00
Makron YeI qonuni sabab kiritilgan AQSh sanksiyalarini qoraladi
22:54 / 24.12.2025
Rossiya Ukraina bo‘yicha 20 banddan iborat tinchlik rejasini rad etdi
15:25 / 24.12.2025
1 yanvardan AQSh fuqarolari O‘zbekistonga 30 kunga vizasiz kirishi mumkin bo‘ladi
09:40 / 24.12.2025