20:11 / 16.05.2018
13210

IIB boshlig‘i kam ta'minlangan oila farzandlarining sunnat to‘yini o‘tkazib berdi

Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanidagi 13 ta mahallani o‘z qamroviga olgan 3-sektor muammolarini o‘rganish va ularning yechimini topish, aholining og‘irini yengil qilish tuman IIB boshlig‘i mayor O‘.Shukurovning zimmasiga yuklatilgan.

Foto: Surxondaryo viloyati IIB matbuot xizmati


Kuni kecha tuman IIB boshlig‘i tashabbus ko‘rsatib, 3-sektor hududida istiqomat qilib kelayotgan 9 ta kam ta'minlangan va nochor oilaning 12 nafar farzandiga homiylik xisobidan, ularning sunnat to‘yini o‘tkazib berdi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB Matbuot xizmati ma'lum qilmoqda.

Foto: Surxondaryo viloyati IIB matbuot xizmati


Mayor O‘.Shukurov shu kunning o‘zida bemorlar hamda keksa nuroniy onaxon-u otaxonlarning holidan xabar oldi. Ularni qiynab kelayotgan muammolari bilan ham tanishib, aniqlangan muammolarini tez kunda ijobiy hal qilib berishini ta'kidlab, o‘zining “yo‘l xarita”si rejasiga kiritib qo‘ydi.

Foto: Surxondaryo viloyati IIB matbuot xizmati

 

Top