Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ostonada yuk mashinalarining tig‘iz soatlarda harakatlanishi taqiqlandi
Ostonada tig‘iz soatlarda yuk transportining harakati cheklandi.
Shahar hokimligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, cheklov 14 maydan joriy etildi, bunda soat 07:00dan 9:00gacha va 17:30dan 20:00gacha avtomobil yo‘llari chegarasi hududida 3,5 tonnadan ortiq og‘irlikka ega yuk mashinalarining harakati cheklanadi. Cheklov 31 dekabrga qadar amal qiladi va shaharning 18ta uchastkasini qamrab oladi.
Bunday qarorning qabul qilinishiga yuk mashinalari Ostonadagi transport oqimi umumiy tezligining pasayishiga ta'sir ko‘rsatayotgani sabab bo‘lgan. Bugungi kunga kelib, shaharda 220dan ortiq qurilish maydonchalari bor, ularning barchasiga yuk mashinalari xizmat ko‘rsatadi. Bundan tashqari, yuk mashinalarining sekin tezlashishi, ularning noqulaylik keltirib chiqarishi va katta o‘lchamlari kabi omillar yo‘llarda favqulodda vaziyatlar yaratish xavfini keltirib chiqaradi.
Kutilishicha, tig‘iz soatlarda yuk transport harakatining cheklanishi tirbandliklarni kamaytiradi va shahar ko‘chalarida xavfsizlikni oshiradi.
Mavzuga oid
08:25 / 22.06.2026
Saida Mirziyoyeva «Ostona» xalqaro moliya markazi faoliyati bilan tanishdi
08:17 / 03.06.2026
Dunyoning eng gavjum temiryo‘l vokzallari reytingi e’lon qilindi
20:22 / 26.05.2026
«Toshkent – Samarqand» tezyurar avtomagistralida intellektual transport tizimi joriy etiladi
19:52 / 21.04.2026