Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Achchiq qalampirning «shirin» daromadlari
«BIG Agro» MChJ hamda «Agrobank» hamkorlikda moliyalashtirilgan, Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanining 2000 gektar maydonga ega dalalarida urug‘i Hindistondan keltirilgan achchiq qalampirni yetishtirishdek ulkan loyiha amalga oshirilmoqda. Bu haqda Kun.uz ish ketayotgan joydan reportaj ham uyushtirgan edi.

Bugungi kunda kayyen navli garmdori ko‘chatlarini ekish ishlari nihoyalanay deb qoldi. 2000 gektar maydondan ko‘zda tutilgan hosil 10.000 tonna quritilgan achchiq qalampirni tashkil etadi.
Qalampir ko‘chatlari shu tumandagi va qo‘shni tumanlardagi boshqa fermerlarga ham sotilmoqda. Ular ekib, o‘simlikni undirib, hosilni yig‘ib berishadi, yetishtirilgan hosilni ham «BIG Agro» MChJ xarid qiladi.

Fermer xo‘jaliklariga qalampir ko‘chati berilgach, «BIG Agro» MChJ tomonidan ekish, parvarishlash bo‘yicha mutaxassis jalb qilinadi. Kerakli mineral o‘g‘itlar va boshqa dori vositalari bilan ta'minlanishadi. Bundan tashqari, Hindistondan kelgan mutaxassis ikki haftada bir marta ko‘chatlarning ahvolidan xabar olib, o‘zining kerakli maslahatlarini berib turadi, — deydi «BIG Agro» MChJ ish yurituvchisi Bobur Abdumavlonov.

Tayyor mahsulot qadoqlanib, Malayziya, Indoneziya, Shri Lanka, Hindiston va Yevropa mamlakatlariga eksport qilinadi.

Yetishtirilgan achchiq qalampirlar butun, bo‘laklangan va kukun holatida sotilishi rejalashtirilgan.

Loyihani amalga oshirish natijasida valyuta tushumi o‘rtacha hisobda yiliga 25 million AQSh dollari tashkil etadi.
Mahalliy aholi, asosan yoshlar o‘simlikning vegetatsiya davrida doimiy asosdagi ish bilan ta'minlanadi. Ular qalampirni ekish, parvarish qilish, pishgan hosillarni yig‘ishtirib olish, oftobda quritish kabi ishlarga jalb qilingan. Qalampir qizarib pishgandan so‘ng uzib olinadi. Qariyb uch oy davomida hosil paydar-pay yig‘ib boriladi.
Qayd etib o‘tish joizki, jahon bozorlarida talab juda yuqori bo‘lgan ushbu o‘simlikni mahalliy sharoitda yetishtirish O‘zbekistonda ilk bora amalga oshirilmoqda.
O‘z muxbirimiz.
Mavzuga oid
12:28 / 05.03.2022
Rossiya O‘zbekistondan pomidor va qalampir olib kirishga qo‘ygan cheklovlarini bekor qildi
14:48 / 23.07.2021
O‘zbekistondan Rossiyaga pomidor va qalampir olib kirishga qo‘yilgan taqiq yuzasidan «Rosselxoznadzor» bilan muzokara o‘tkazildi
15:56 / 28.06.2021
Rossiya yana O‘zbekistonning qator korxonalariga pomidor va qalampir olib kirishga ruxsat berdi
13:12 / 17.06.2021