Özbekistonda eksportbop qişloq xöjaligi ekinlari ekiş, xususan, sabzavot yetiştiriş, ularni yaqin va uzoq xorijiy davlatlarga eksport qiliş — bugungi kunning eng dolzarb va ustuvor vazifalaridan bölib turibdi. Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilayotgan taşabbuslar asosida agrar sektorni isloh qiliş, ekinlarni klaster usulida ekiş bilan şuğullanayotgan yangi kompaniyalardan biri — «Brand Investment Group» kompaniyalar guruhidir.

«Brand Investment Group» kompaniyalar guruhining har bir viloyatda qişloq xöjaligi bilan şuğullanadigan şö'ba korxonalari mavjud.

Biz ana şunday şö'ba dehqon xöjaliklaridan biri — Qaşqadaryo viloyatining Mirişkor tumanida faoliyat körsatayotgan «BIG Agro» MÇJ tomonidan yetiştirilayotgan sabzavotlar, ularning yetiştiriliş jarayoni bilan yaqindan tanişiş va işlar qay yösinda taşkil etilganligini körib qaytdik.

«Brand Investment Group» kompaniyalar guruhi şö'basi — «BIG Agro» MÇJ faoliyatining asosiy yönalişi — jahon andozalariga mos keluvçi, sifatli qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştirib, qayta işlab, xalqaro standartlarga mos qadoqlab, eksportga çiqariş.

Şu paytgaça kompaniya asosan turli xil salatlar — aybserg, brokkoli, pekinka, romano, rukkoloni yetiştirib, uni asosan Rossiya Federatsiyasi bozorlarida sotib kelgan. Bundan taşqari, Farğonaning Quva şahridagi logistika markazida 28 xil parametrga köra gilos saralanadi va çiroyli öramlarga solinib, eksport qilinadi. Gilos asosan Xitoy, Janubiy Koreya va Yaponiyaga yetkaziladi.

Kompaniyaning yonğoq mağzi, yeryonğoq, dukkakli ösimliklar mevasini ham saralab, eksportga tayyorlaydigan korxonalari mavjud. Turkiyadan keltirilgan uskunalar yordamida mahsulotlar tozalanadi, saralanadi va quritiladi. Mahsulotlar asosan BAA, Kuvayt, Bahrayn kabi arab davlatlari, dukkakli ösimliklar mevasi Şri Lanka, Hindiston, BAA, Indoneziya va Malayziya kabi davlatlarga yetkazilmoqda. Kompaniya kovrak ösimligini qabul qilib, qayta işlaşni ham yölga qöygan.

Kompaniyaning 2017 yilda tuzilgan biznes rejaga asosan aççiq qalampir yetiştiriş böyiça iş boşlandi. Bahorning mart oyi boşlarida plyonka ostiga Hindistondan Kayan gibridli navini olib kelib qadab, 78 ga maydonda köçat yetiştirilmoqda. Özbekistonda ilk bor yetiştirilayotgan uşbu garmdori şunisi bilan farqlanadiki, özimizning mahalliy garmdorilarga qaraganda uning aççiqlik darajasi 10-12 marta ortiqroq.