Jamiyat | 13:45 / 17.05.2018
13107
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Ishoning! Malakali xizmatni kafolatlaymiz!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23 martdagi “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta'minlash doirasida aksiyadorlik tijorat “Qishloqqurilishbank”ning infratuzilmalari tarmog‘i va xizmatlari ko‘lami muttasil kengayib bormoqda.

Ayni vaqtda bankning valyuta ayirboshlash shoxobchalari soni 50 tani tashkil etadi. 2018 yil 1 may holatiga mazkur shoxobchalar orqali 107 451 nafar jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatildi. Xususan, fuqarolar tomonidan 22 559 316 AQSh dollari, 153 932 Yevro, 3 006 823 Rossiya rubli miqdorida naqd xorijiy valyutalar sotib olindi.

Foto: Qishloqqurilishbank

Bank tizimida 42 ta xalqaro pul o‘tkazmalari shoxobchalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Hozirgi kunda bank shoxobchalarida soat 9.00dan 17.00 gacha “WESTERN UNION”, “MONEY GRAM”, “Zolotaya korona”, “Contact” va “Aziya-ekspress” tizimlari orqali aholiga xalqaro pul o‘tkazmalari bo‘yicha malakali xizmatlar ko‘rsatilmoqda. E'tiborlisi, bankning 19 ta xalqaro pul o‘tkazmalari shoxobchalarida joriy yilning may oyidan boshlab shanba va yakshanba kunlari ham mijozlarga xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan.

2018 yil 1 may holatiga mazkur shoxobchalarda 101092 ta qabul qilish tranzaksiya amaliyotlari bajarilgan. Xususan, fuqarolar bankning xalqaro pul o‘tkazmalari shoxobchalari orqali xorijdan yuborilgan 33 854 605,51 AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ni qabul qilib olgan.

Bundan tashqari shoxobchalarda 4487 marta xorijga pul o‘tkazish amaliyotlari bajarilib, 3 561 786,25 AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ fuqarolar tomonidan xorijga yuborilgan.

Foto: Qishloqqurilishbank

Bank shoxobchalarida fuqarolar xalqaro pul o‘tkazmalari uchun mablag‘larni milliy valyuta – so‘mda (naqd shaklda va bank plastik kartalari orqali) to‘lab, chet elga jo‘natishi hamda yuborilgan pul mablag‘larini xorijda qabul qilib oluvchi fuqaro o‘sha davlat pul birligida yoki AQSh dollari, yevroda olishi mumkin. Bunda xorijiy valyuta fuqaroning xohishiga ko‘ra tanlanadi.

Respublika hududlarida “Qishloqqurilishbank”ning 40 ta minibanki tomonidan mijozlarga malakali xizmatlar ko‘rsatilmoqda. 2018 yil 1 may holatiga 3942 nafar mijoz minibank xizmatlaridan foydalangan.

2018 yil 1 may holatiga bank omonatchilari soni 86522 nafarga yetdi. Bankdagi jami omonatlar qoldig‘i (namunaviy uy-joylarning boshlang‘ich va yakuniy badal mablag‘laridan tashqari) 408,9 mlrd. so‘mni tashkil etib, yil boshiga nisbatan 71, 477 mlrd. so‘mga yoki 121 foizga o‘sishga erishildi.

Kelgusida bankning infratuzilmalari sonini ko‘paytirish va xizmatlar ko‘lamini yanada kengaytirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilangan.

Foto: Qishloqqurilishbank

“Qishloqqurilishbank” – farovon hayotingiz xizmatida!

Qo‘shimcha ma'lumot uchun: (+99871) 150-93-39, 150-76-59.

Veb-sayt: www.qqb.uz

Telegram: https://t.me/QQBANK

Facebook: FB.com/official.qqb.uz

Xizmatlar litsenziyalangan.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid