Aksiyadorlik-tijorat “Qişloqqurilişbank”ning “QQB-mobile” mobil ilovasi tobora ommalaşib bormoqda.

Şu kunlarda mazkur dasturning Android va IOS platformalaridagi uyali telefonlar uçun yangilangan versiyalari işga tuşirildi.
Ilovaning takomillaştirilgan versiyalarida aholi va mijozlar uçun yanada qulayliklar yaratilgan. Xususan, endilikda:
-ilovaga boşqa tijorat banklari tomonidan emissiya qilingan plastik kartalarni biriktiriş;
- boşqa tijorat banklarining ilovaga biriktirilgan plastik kartalari mablağlari hisobidan tölovlarni amalga oşiriş;
- doimiy tölovlarning şaklini yaratiş;
- plastik karta aylanmasi töğrisida batafsil ma'lumot oliş;
- bank filiallari dislokatsiyasini köriş mumkin.
Avvallari “QQB-mobile” mobil ilovasi yordamida kartadan kartaga pul ötkaziş amaliyotini faqat “Qişloqqurilişbank” kartalari örtasida bajariş mumkin edi. Hozirda boşqa tijorat banklari kartalari örtasida ham özaro pul ötkaziş mumkin böldi.

Şuningdek, ilovadan foydalanişga doir tariflar ham ança maqbullaşgan:
- ilovani yuklab oliş, ilovaga plastik kartalarni biriktiriş – bepul;
- “online-konversiya” amaliyotini bajariş – bepul;
- kommunal, budjet va tijorat tölovlarini amalga oşiriş – bepul;
- hisobraqam monitoringi – bepul;
- mablağlarni bir kartadan boşqa kartaga ötkaziş - tranzaksiyaning 0,5 foizi miqdorida;
- kredit qarzdorligini söndiriş – tranzaksiyaning 0,5 foizi miqdorida.










