Aktsiyadorlik tijorat “Qişloqqurilişbank”ning infratuzilmalari tarmoği va xizmatlari kölami muttasil kengayib bormoqda. Bunda Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23 martdagi “Bank xizmatlari ommabopligini oşiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori dasturilamal bölmoqda.

Joriy yilning 10 mayidan poytaxtimizdagi “Mirobod” dehqon bozori hududidagi “Mirobod” minibankida jismoniy şaxslarga xalqaro pul ötkazmalari böyiça xizmatlar körsatuvçi yana bir şoxobça taşkil qilindi. Şu orqali ATB “Qişloqqurilişbank” tizimida faoliyat körsatayotgan xalqaro pul ötkazmalari şoxobçalari soni 42 taga yetkazildi.

Hozirgi kunda bank şoxobçalarida soat 9.00dan 18.00 gaça “WESTERN UNION”, “MONEY GRAM”, “Zolotaya korona”, “Sontact” va “Aziya-ekspress” tizimlari orqali aholiga xalqaro pul ötkazmalari böyiça malakali xizmatlar körsatilmoqda. E'tiborlisi, bankning 19 ta xalqaro pul ötkazmalari şoxobçalarida joriy yilning may oyidan boşlab şanba va yakşanba kunlari ham mijozlarga xizmat körsatiş yölga qöyilgan.

Foto: Qişloqqurilişbank

Bank şoxobçalarida fuqarolar xalqaro pul ötkazmalari uçun mablağlarni milliy valyuta – sömda (naqd şaklda va bank plastik kartalari orqali) tölab, çet elga jönatişi hamda yuborilgan pul mablağlarini xorijda qabul qilib oluvçi fuqaro öşa davlat pul birligida yoki AQŞ dollari, yevroda olişi mumkin. Bunda xorijiy valyuta fuqaroning xohişiga köra tanlanadi.

Şu bilan birga, mijozlarga qulaylik yaratiş maqsadida xorijiy davlatdan yuborilgan valyuta mablağlarini milliy valyutada (naqd şaklda yoki bank plastik kartalariga ötkazib beriş) taqdim qiliş imkoniyati yaratilgan. Bu amaliyotlar sanoqli daqiqalar içida, tezkor va sifatli bajariladi.

Eslatib ötiş joiz, xalqaro pul ötkazmalari böyiça mazkur amaliyotlar bajarilişida ATB “Qişloqqurilişbank”ning amaliyot kunidagi xorijiy valyutaning sotiş va xarid qiliş böyiça kurslari asosida amalga oşiriladi.

Bankda “Bivalyuta” xizmat turi orqali “Zolotaya korona” tizimidan xalqaro pul ötkazmalari heç qanday vositaçilik tölovlarisiz, mutlaqo bepul ötkaziladi. Bunda Sizning Özbekistondan jönatgan milliy yoki naqd xorijiy valyutangiz xorijiy davlat banklari tomonidan xorijiy davlatning milliy valyutasida oluvçiga tölab beriladi.