Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Xaspelni zudlik bilan MRB direktori etib tayinlashga chaqirdi
Foto: Pablo Martinez Monsivais/AP
AQSh prezidenti Donald Tramp Qo‘shma Shtatlar senatini MRB direktori lavozimiga Jina Xaspel nomzodini tasdiqlashga chaqirdi. Bu haqda prezident tvitterdagi o‘z sahifasida yozgan.
«Jina Xaspel MRBdagi bizning jasur erkaklar va ayollarga rahbarlik qilish uchun yana bir qadam qo‘ydi. U alohida maqomga ega va senat uning nomzodini darhol tasdiqlashi kerak», - deya yozgan Tramp.
Shuningdek, prezidentning ta'kidlashicha, AQShda Xaspelning ishiga ehtiyoj bor, bu mamlakat xavfsizligini ta'minlash uchun kerak bo‘lyapti.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xaspel MRB direktori lavozimida qiynoqqa solishni tiklamaslikka va'da bergandi.
Mavzuga oid
22:44 / 06.04.2026
AQShdan deportatsiya qilingan migrantlarni Kongo DR qabul qiladi
21:14 / 06.04.2026
Eron vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish taklifini rad etdi
09:37 / 06.04.2026
Zelenskiy: Ukraina AQSh uchun endi ustuvor emas
08:36 / 06.04.2026