AQŞ MRB rahbari vazifasini bajaruvçi Jina Xaspel guvohlarni söroq qilişda qiynoqqa solişdan butunlay voz keçiş haqida ma'lum qiladi. Bu haqda AQŞ kongressi oldida qilinadigan ma'ruza matnida aytilgan, deb xabar bermoqda Reuters.
9 may kuni Xaspel AQŞ kongressiga, agarda uni MRB rahbari etib tayinlaşsa, mahkama 2001 yilning 11 sentabridagi terrorçilik aktidan keyin kuçgan kirgan qölga oliş va söroq qiliş dasturini tiklamasligi haqida ma'lum qiladi. Bu dasturga köra, MRB agentlari faqat ba'zi holatlardagina gumonlanuvçilarni qiynoqqa solişi mumkin.
«MRBda hozirgi murakkab vaqtda xizmat qilayotgan inson sifatida şuni şaxsan kafolatlaşim mumkinki, MRBda mening rahbarligim ostida qölga oliş va söroq qiliş böyiça bu dastur qayta tiklanmaydi», - deyiladi Xaspelning ma'ruzasida.
Eslatib ötamiz, avvalroq Oq uy Xaspelni MRB rahbarligidan ketmaslikka köndirmoqçi ekani xabar berilgandi.












