01:02 / 17.05.2018
4756

Tramp Shimoliy Koreya AQSh bilan sammitni bekor qilmaganini ma'lum qildi 

Foto: RIA Novosti / Sergey Guneyev

AQSh Shimoliy Koreyadan 12 iyunda Singapurda o‘tishi kerak bo‘lgan ikki tomonlama sammitning bekor qilingani haqida ogohlantirish olmagan. Bu haqda AQSh Prezidenti Donald Tramp ma'lum qildi. 

“Bizni umuman ogohlantirishmagan. Biz hech narsa ko‘rmaganmiz, eshitmaganmiz. Nima sodir bo‘lishini ko‘ramiz”, deb aytgan Tramp O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuv davomida jurnalistlarga. 

Tramp “Shimoliy Koreya yetakchisi mubolag‘a qilyaptimi?” degan savolga “nima bo‘lishini ko‘ramiz”, deb takroran aytgan.

Tramp hamon Koreya yarimorolining yadroviysizlantirilishini talab qilayotganini qaytargan.

15 may kuni “Ryonxap” axborot agentligi Shimoliy Koreya Vashington va Seulning harbiy mashg‘ulotlari sababli Tramp va Kim Chen Inning uchrashuvini bekor qilish bilan tahdid qilayotganini ma'lum qilgan. Shimoliy Koreya, shuningdek, Janubiy Koreya bilan uchrashuvdan voz kechgan.  

Mavzuga oid
Top