Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon: O‘zbekiston va NATO mintaqaviy xavfsizlik masalasida yakdil qarashga ega
Pentagon O‘zbekiston Respublikasi bilan strategik hamkorlikni yangilayotganidan mamnun. Bu haqda AQSh Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Dana Vayt shunday deydi.
"Har ikki yetakchilar ham Afg‘onistonda barqarorlikni tiklash va mintaqaviy xavfsizlik masalasida hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha o‘z istagini bildirdi", deydi u.
Pentagon rasmiy vakilining aytishicha, AQSh Mudofaa vaziri Jyeyms Mettis mintaqaviy masalalarga integratsion ruhda baho berayotgan Prezident Shavkat Mirziyoyevdan minnatdorligini bildirgan.
"O‘zbekiston va NATO mintaqaviy xavfsizlik masalasida yakdil qarashga ega. Shuningdek, biz birgalikda terrorizmga qarshi kurashish, chegara xavfsizligi bo‘yicha O‘zbekiston bilan yaqindan ishlashga umid qilamiz", deydi Vayt.
Mavzuga oid
06:40 / 15.06.2026
Pentagon NUJlar haqidagi 72 ta yangi hujjatni e’lon qildi
11:58 / 25.05.2026
Pentagon NUJlarga oid hujjatlarning navbatdagi qismini e’lon qildi
21:13 / 12.05.2026
Pentagon AQSh va Eron o‘rtasidagi urushning narxini ochiqladi
21:36 / 08.05.2026