Sport | 13:08 / 18.05.2018
13537
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi sportchilari boks bo‘yicha xalqaro turnirda Rossiyadan o‘tib ketdi

Qozog‘iston Respublikasining Olmaota shahrida SSSR qahramoni, armiya generali S.K. Nurmagambetovning xotirasiga bag‘ishlangan boks bo‘yicha Xalqaro turnirda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Sport klubi a'zolari umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Kun.uz’ga Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Xalqaro turnirda ishtirok etgan 6 mamlakat (Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Mo‘g‘uliston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston)ning 130 nafar harbiy sportchilari o‘zaro kuch sinashdi. An'anaviy xotira turnirida O‘zbekiston sharafini 10 nafar sportchi himoya qildi.

Musobaqada hamyurtlarimiz Abdullo Qo‘chqorov (56 kg) hamda Madiyor Sayidraximov (91 kg.dan yuqori) oltin medallarini qo‘lga kiritdi. Hasanboy Latipoxunov (52 kg), Shukur Rahimov (60 kg) va Bobousmon Boturov (69 kg) turnirning kumush medallari bilan taqdirlandi. Bronza medallarini yurtimizga Jahongir Rasulov (64 kg), Odiljon Aslonov (75 kg) va Kozimbek Mardonov (81 kg) olib keldi.  

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Umumjamoa hisobi bo‘yicha turnir mezbonlari birinchi, O‘zbekiston ikkinchi va Rossiya uchinchi o‘rinlarga egalik qildi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid