Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuela prezidenti mamlakatdagi saylovlarga kolumbiyaliklarni jalb qilishga urinishda ayblandi
Kolumbiya prezidenti Xuan Manuel Santos Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni prezident saylovlarida ovoz berish uchun mamlakatga kolumbiyaliklarni olib kelish rejalarida aybladi.
“Razvedka manbalari Nikolas Maduro tuzumi 20 may kunidagi saylovlarda ovoz berishga kolumbiyaliklarni olib kelib, ularni venesuelaliklar kabi ro‘yxatdan o‘tkazmoqchiligidan ogohlantiradi. Ta'kidlab o‘taman, biz bu saylovlarning natijalarini tan olmaymiz”, deb yozgan Santos tvitterda.
Venesueladagi prezident saylovlarida 4 nomzod: amaldagi prezident Maduro, muxolifatchilar Enri Falkon, Reynaldo Kixada va Xaver Bertuchchi ishtirok etishadi.
Kolumbiya rahbarining aytishicha, u kolumbiyaliklarning ovoz berish uchun qo‘shni davlatga borishining oldini olish maqsadida mamlakat xavfsizlik kuchlariga chegarada nazoratni kuchaytirishni buyurgan.
Mavzuga oid
09:18 / 26.06.2026
Venesueladagi dahshatli zilzila: qurbonlar soni 235 kishiga yetdi, yuzlab binolar vayron bo‘lgan
14:54 / 25.06.2026
Venesueladagi vayronkor zilzila oqibatlari – suratlar
08:30 / 25.06.2026
Venesuelada kuchli zilzila ro‘y berdi, Karakasda binolar quladi
10:00 / 22.06.2026