Jahon | 11:23 / 19.05.2018
6220
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Suriyadagi yordam dasturini to‘xtatdi – OAV

Foto: Getty Images

AQSh hukumati Suriya shimoli-g‘arbidagi yordam dasturini to‘xtatdi. Bu haqda CBS News manbaga asosan xabar bermoqda.

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar har yili «mahalliy jamiyatni barqarorlashtirish» va bu mintaqada «mustaqil jamiyat hamda OAVni qo‘llab-quvvatlash» uchun mablag‘lar ajratgan.

Ta'kidlanishicha, Yevropa mamlakatlari AQShning qaroridan xabardor etilgan.

Shu bilan birga, telekanal ekspertlari AQShning mintaqadan ehtimoliy chiqib ketishidan xavfsirashmoqda. Ularning fikricha, bu boshqa davlatlarni Suriyadagi o‘z ishtirokini «qayta o‘ylab ko‘rishga» majburlaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Suriyadagi kimyoviy hujumlarga Rossiya aybdor ekanini ma'lum qilgandi.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid