Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy Tayvan tufayli AQShga nisbatan choralar qabul qilishi mumkin
Xitoy AQSh Tayvanni qo‘llab-quvvatlashda davom etsa, qator choralarni qabul qilishi mumkin. Bu haqda China Daily nashri xabar berdi.
«Pekin orol atrofidagi o‘z harbiy ishtirokini mustahkamlashi, bozorga kirishni cheklab qo‘yishi yoki Xitoy hududiy yaxlitligini tan olmaydigan firma hamda kompaniyalarga nisbatan tekshiruv o‘tkazish tashabbusi bilan chiqishi mumkin», - deyiladi xabarda.
Mart oyida Xitoy Mudofaa vazirligi AQShda qabul qilingan, Tayvanga safarlar to‘g‘risidagi qonunga qarshi chiqib, uning bandlari amalga oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirgandi.
Ma'lumot uchun, Xitoy Tayvanni o‘z hududi deb hisoblaydi va agarda talab etilsa, kuch qo‘llashi mumkinligi bilan tahdid qilyapti.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy AQShga Koreya yarim oroli bo‘yicha chaqiriq bilan chiqqandi
Mavzuga oid
20:44 / 24.06.2026
Xitoyning LineShine superkompyuteri dunyodagi eng kuchli deb topildi
09:40 / 24.06.2026
AQSh Senati Eronga qarshi urushni tugatish tarafdori
09:10 / 24.06.2026
AQSh Kubaga nisbatan sanksion bosimni kuchaytirmoqda
22:21 / 23.06.2026