Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda yuk mashinasi ishtirokida YTH, qurbonlar ko‘p
Hindistonning Gujarat shtatida yuk mashinasi ishtirokida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 19 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda ANI agentligi xabar qilmoqda.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, odamlar sement qoplari bilan to‘la bo‘lgan yuk mashinasida ketishayotgan bo‘lgan, avariya natijasida avtomobil to‘ntarilib ketgan.
Ta'kidlanishicha, YTH tufayli yetti kishi jarohat oldi. Shu bilan birga, transport vositasi haydovchisi YTH yuz bergan joydan qochib ketgani aytilyapti.
Ayni damda politsiya ro‘y bergan voqeaning barcha tafsilotlarini aniqlashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindistonning Rajaston va Uttar-Pradesh shtatlarida yuz bergan kuchli qum bo‘roni oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan prezident Ram Natx Kovindga va Hindiston xalqiga chuqur hamdardlik bildirgandi.
Mavzuga oid
10:48
Yunusobod tumanida uchta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
21:52 / 14.01.2026
5 yil davomida YTHlar kamayish dinamikasi saqlanib qoldi – YHXX
14:02 / 14.01.2026
Hindistonda yovvoyi fil 22 kishini o‘ldirdi. U hamon qidirilmoqda
12:40 / 14.01.2026