Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev Hindistonning Rajaston va Uttar-Pradeş ştatlarida yuz bergan kuçli qum böroni oqibatida köplab insonlar halok bölgani munosabati bilan prezident Ram Natx Kovindga va Hindiston xalqiga çuqur hamdardlik bildirdi, jarohatlanganlarning tezroq soğayişini tiladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Hindistonda kuzatilayotgan qum böroni qurbonlari soni ortayotgani xabar berilgandi. Hindiston şimoliy tumanlarida kuzatilayotgan kuçli qum böroni va yomğirlar oqibatida halok bölganlar soni 127 kişiga yetdi, yuzlab insonlar jarohat oldi. 

Halok bölganlarning aksariyati – 73 kişi – Uttar-Pradeş ştatida istiqomat qiladi. Maşhur Toj Mahal joylaşgan Agra okrugining özida tabiiy ofat tufayli 46 kişi halok böldi. Naşr ma'lumotlariga köra, qöşni Rajastonda 39 kişi hayot bilan vidolaşdi.