Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida yer sotuvchilar fosh etildi
Toshkent viloyati prokuraturasi organlari tomonidan qishloq xo‘jaligi sohasidagi qonunchilik ijrosi muntazam ravishda o‘rganib borilmoqda, deb xabar berdi mahkama axborot xizmati.
Qayd etilishicha, o‘rganishlarda ayrim jiddiy qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilayotganligi aniqlanmoqda.
Jumladan, Quyi Chirchiq tumanida faoliyat yurituvchi “Umarxon Yusuf agro lyuks” fermer xo‘jaligi rahbari X.S. paxta xom-ashyosi yetishtirish rejalashtirilib, chigit ekilgan 6,5 gektar yer maydonini boshqa ekinlar ekish maqsadida o‘zboshimchalik bilan buzib tashlagan.
Shuningdek, “Mahkam Agro fayz” fermer xo‘jaligi rahbari M.I. paxta ekishga ajratilgan 9 gektar yer maydonini fuqaro R.B.ga ushbu yer sabzavot hamda dukkakli ekinlar ekish uchun mo‘ljallangan yerligiga uni ishontirib, firibgarlik yo‘li bilan 9 mln so‘mga hamda “Rustam I” chorvachilik fermer xo‘jaligi rahbari R.Sh. chorva mollariga ozuqa ekishga ajratilgan 23 gektar yer maydonini fuqarolarni aldab, firibgarlik yo‘li bilan jami 39 mln so‘mga sotganligi holatlari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Quyi Chirchiq tuman prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bandi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
17:51 / 07.07.2026
“Misqollab yaratilgan Toshkent brendini yo‘qotib qo‘yishimiz mumkin” – issiqxonachi muqobil yechimlar haqida
12:04 / 06.07.2026
Katta Chimyon tog‘ida oyog‘i lat yegan fuqaro qutqarib qolindi
19:49 / 02.07.2026
Toshkent viloyatida issiqxonalarni demontaj qilish boshlandi
11:20 / 22.06.2026