O‘zbekiston terma jamoasi kichik hisobda Eronga yutqazdi
O‘zbekiston terma jamoasi Tehronda Eron bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi.
Terma jamoamiz bu bahsda legionerlarsiz va yoshlar tarkibi bilan ishtirok etdi. Aytish joizki, futbolchilarimiz raqibga munosib qarshilik ko‘rsata olishdi.
17-daqiqada Chashmiy burchakdan oshirilgan to‘pni terma jamoamiz darvozasiga yo‘llab, hisobni ochdi. Shundan so‘ng, futbolchilarimizda gol urish uchun bir qancha imkoniyatlar bo‘ldi. Ammo, hujumlarni golga aylantirishda ba'zan mahorat yetishmagan bo‘lsa, ba'zan tajribasizlik pand berdi.
O‘rtoqlik o‘yini
19 may, Tehron, «Ozodiy» stadioni
Eron - O‘zbekiston - 1:0
Gol: Chashmiy (17)
Eron: Amir Obidzoda (Husayn Husayniy, 46), Vurya G‘ofuriy (Jalol Husayniy, 46), Muhammad Rizo, Majid Husayniy, Ali G‘oibzoda, Ro‘zbeh Chashmiy (Said Izzatullohiy, 46), Karim Ansorifard (Vohid Amiriy, 70), Ehson Hojisafiy (Pejmon Muntaziriy, 59), Mehdiy Turobiy, Rizo G‘uchannajod, Mehdi Torimiy (Milod Muhammadiy, 68).
O‘zbekiston:1.Botirali Ergashev, 2.Rustam Ashurmatov (13.Islom Qobilov, 70), 4.Akrom Komilov, 5.Abbos Otaxonov, 6.Aziz G‘aniyev, 7.Odiljon Hamrobekov (14.Xurshid G‘iyosov, 78), 9.Zabihillo O‘rinboyev (11.Andrey Sidorov, 83), 10.Aziz Turg‘unboyev (23.Jasur Yaxshiboyev, 77), 17.Jaloliddin Masharipov (8.Islom Kenjaboyev, 88), 20.Doston Tursunov, 22.Javohir Sidiqov (18.Sardor Sobirxo‘jayev, 68).
Zaxira: 12.Rahimjon Davronov, 21.Umid Ergashev, 3.Xojiakbar Alijonov, 16.Doniyor Narzullayev.
Ogohlantirishlar: Majid Husayniy 90.
Mavzuga oid
22:07 / 07.10.2024
Eron Isroil hujumi sodir bo‘lgan taqdirda kamida 10 ta chora ssenariysini tayyorladi
11:41 / 07.10.2024
Isroilning quruqlik amaliyoti. Livanga «cheklangan» bosqin katta urushga aylanadimi? Va unga Eron ham qo‘shiladimi?
09:20 / 07.10.2024
Eron havo hududini yana 9 soatga yopdi
12:01 / 06.10.2024