Sport | 09:10 / 20.05.2018
7046
2 daqiqa o‘qiladi

Fransiyada mavsum yakunlandi. YeChL va Yevropa Ligasida qaysi jamoalar qatnashishi ma'lum

Fransiya chempionatining oxirgi turida «Lion» «Nitstsa»ni mag‘lub etdi. Liondagi  «Stad de Lyumer» stadionida kechgan uchrashuv maydon egalarining 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

«Lion» safida Memfis Depay het-trik qayd etdi. «Nitstsa»ning gollariga Alassan Plea mualliflik qildi.

38-tur doirasidagi boshqa uchrashuvlarda «Monako» safarda «Trua»ni yengdi (3:0), «Marsel» o‘z uyida «Amen»ni mag‘lubiyatga uchratdi (2:1).

«Monako» va «Lion» chempionatni ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda yakunladi. Ikki klub ham keyingi mavsumda «PSJ» bilan birgalikda Chempionlar ligasida Fransiya sharafini himoya qiladi. To‘rtinchi o‘rinda qolgan «Marsel» beshinchi va oltinchi o‘rinlar egalari «Renn» va «Bordo» bilan birga Yevropa Ligasida qatnashadi.

Mavsum yakunlariga ko‘ra «Trua» va «Metts» ligani tark etdi, 18-o‘rinni egallagan «Tuluza» quyi liganing uchinchi jamoasi bilan pley-off o‘yinida ishtirok etadi.

Chempionatning eng yaxshi to‘purari «PSJ» hujumchisi Edinson Kavani bo‘ldi, u 32 o‘yinda 28 gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid