Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
La Liga. «Real» Vilyarrealda g‘alabani qo‘ldan chiqardi
Ispaniya chempionati so‘nggi turida «Real» safarda «Vilyarreal» bilan bellashdi.
Birinchi bo‘limdan so‘ng, Beyl va Ronaldu gollari evaziga madridliklar 2:0 hisobida oldinda edi. Ikkinchi bo‘limda mezbonlar hisobni tenglashtirish uchun kuch topa olishdi. Zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Martines va Kastilexoning gollari «Real»ni g‘alabadan mahrum qildi.
Shu tariqa, «Real» Primera turnir jadvalida «Atletiko»ga yetib olish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi va 76 ochko bilan uchinchi o‘rinda qoldi. 78 ochko bilan ikkinchi o‘rinda joylashgan «Atletiko» 38-tur uchrashuvini bugun «Eybar»ga qarshi o‘tkazadi.
La Liga, 38-tur
Vilyarreal – Real Madrid - 2:2
Gollar: 0:1 – 11 Beyl, 0:2 – 32 Ronaldu, 1:2 – 70 Martines, 2:2 – 85 Kastilexo.
Vilyarreal – Fernandes, Alvaro Gonsales, Marin, Mario Gaspar, Bonera, Soriano, Rodri Ernandes, Xavi Fuego (Al-Dosari, 57), Fornals (Kastilexo, 77), Sansone, Unal (Martines, 67).
Real Madrid – Zidan, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos, Isko (Kovachich, 73), Kazemiro, Modrich (Vaskes, 62), Kroos, Beyl, Ronaldu (Benzema, 62).
Ogohlantirishlar: Modrich (48), Kastilexo (79), Alvaro Gonsales (79), Kazemiro (84), Martines (88), Kroos (89), Al-Dosari (90).
Mavzuga oid
17:44 / 08.06.2026
Peres «Real»ga Joze Mourino bosh murabbiy bo‘lishini e’lon qildi
19:05 / 29.05.2026
«Real» sovrinsiz mavsumda dunyoning eng qimmat klubi deb topildi
17:03 / 19.05.2026
«Real»da inqiroz. O‘t o‘chirishga Joze kelmoqda
23:20 / 12.05.2026