Jahon | 22:08 / 21.05.2018
3077
2 daqiqa o‘qiladi

Shvetsiyada 57 yil ichida ilk bor urush va favqulodda holatlarga qo‘llanma chiqarildi

Foto: AFP 2018 / Sven Nackstrand

Shvetsiyaning aholini himoya qilish agentligi (MSB) 1961 yildan ilk bor inqirozli vaziyatlar, teraktlar va urush boshlanishi holatida qanday harakat qilish tavsiya qilingan qo‘llanmani chiqarmoqda.

Ta'kidlanishicha, 19 betlik qo‘llanma “urush yoki inqiroz boshlanishi holatiga” 4,8 mln oilaga 28 maydan 3 iyungacha tarqatila boshlanadi. Tavsiyalar yaqin orada ingliz va yana 13 ta tilda paydo bo‘ladi. Bungacha shvedlar favqulodda vaziyatlar vaqtida qayerga murojaat qilish haqidagi tavsiyalarni faqat telefon kataloglaridan topa olishgan. 

MSB bosh direktori nimadir jiddiy hodisa yuz berishiga tayyor turish muhimligini qo‘shimcha qilgan.

Qo‘llanmada jiddiy hodisalar, tabiiy ofatlar va urush holatiga tavsiyalar ko‘zda tutilgan. Jumladan, favqulodda vaziyat va jamoat xizmatlari faoliyati izdan chiqqanda uydagi maxsus joyda suv, oziq-ovqat zaxiralab qo‘yish, isinish, kommunikatsiya uchun qurilma, hayot uchun eng zarur vositalarga ega bo‘lish va tashqi dunyo bilan aloqani yo‘qotmaslik tavsiya qilingan.

Qo‘llanmada, shuningdek, teraktlar holatida o‘zini qanday tutish haqida ma'lumot bor. Unda odamlar to‘planadigan joylardan qochish va telefon tarmog‘iga ortiqcha yuklanish bo‘lmasligi uchun huda-behudaga telefon qilmaslik, soxta axborotni farqlay olish tavsiya qilinadi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid