O‘zbekiston | 22:59 / 21.05.2018
6164
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda yana bir kichik sanoat zonasi ochiladi. Bu yerda eksportbop mahsulotlar ishlab chiqariladi

Foto: worldradiomap.com

Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi kichik sanoat zonasida «Pharm product» MChJ tomonidan 2018 yilning 4-choragiga qadar dori vositalari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. 

Loyihaning umumiy qiymati 18 million AQSh dollarini tashkil etadi. Moliyalashtirish manbalari sifatida «Kapitalbank» OAT krediti va «Pharm product» MChJ mablag‘lari ko‘rsatilgan. 

Agar loyiha to‘la quvvat bilan ishlasa, u yerda 24 xil dori vositasi ishlab chiqariladi, 400ta yangi ishchi o‘rni yaratiladi, yiliga 1,5 million AQSh dollari qiymatiga teng dori mahsulotlarini eksport qilish imkoni vujudga keladi.

Bundan tashqari, ushbu kichik zonada «Edgart best shoes» oilaviy korxonasi poyabzal ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi. Korxona o‘zbek brendi ostida zamonaviy poyabzallarni ishlab chiqarib ichki va tashqi bozorni ta'minlashni rejaga kiritgan.

Korxona hududi taxminan 1 gektar maydonni egallaydi. Umumiy qiymati 5 milliard so‘mga teng yiliga 500 ming poyabzal ishlab chiqara oladigan quvvatga ega bo‘ladi. Loyiha 2019 yilning 4-choragiga borib ishga tushirilishi mo‘ljallanmoqda.

Agar korxona ishga tushiriladigan bo‘lsa, unda 200ta yangi ishchi o‘rni yaratiladi, shundan 50tasi kollej bitiruvchilariga ajratilishi rejalashtirilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid