23:55 / 21.05.2018
3731

O‘zbekistonlik parakanoechilar Jahon kubogida uchta medalni qo‘lga kiritishdi

Joriy yilning 18-20 may kunlari Vengriyaning Seget shahrida parakanoe bo‘yicha Jahon kubogi bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqada 60dan ortiq mamlakat vakillari ishtirok etgan bahslarda besh nafar o‘zbekistonlik paralimpiya sportchisi muvaffaqiyatli qatnashishdi.

18 may kuni KL-2 yo‘nalishida ishtirok etgan hamyurtimiz Azizbek Abdulhabibov 42.962 natijasi bilan bronza medali sohibiga aylandi. 19 may kuni ayollar o‘rtasida KL-3 yo‘nalishida o‘tkazilgan final bosqich bellashuvlarida Shahnoza Mirzayeva barcha raqiblarini ortda qoldirib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. Shu yo‘nalishning erkaklar o‘rtasidagi bahslarda esa Hayitmurod Sherqo‘ziyev kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Foto: O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi

Shu tariqa, O‘zbekiston parakanoe terma jamoasi Jahon kubogidan bittadan oltin, kumush va bronza, jami uchta medal bilan qaytadigan bo‘ldi. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston delegatsiyasi 22 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 06:20da Istanbul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha uchib keladi.

Top