Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Venesuelaga qarshi choralar ko‘rmoqchi
Foto: panampost.com
AQSh Venesuelada demokratiyani tiklash uchun bu davlatga nisbatan diplomatik va iqtisodiy choralar joriy qilmoqchi. Bu haqda AQSh davlat kotibi Maykl Pompeoning Venesuelada o‘tgan prezident saylovlari bilan bog‘liq bayonotida aytilgan.
Pompeo saylovlarni “soxtalashtirilgan” deb ta'riflagan va Vashington uning o‘tkazilishini qoralashini aytgan. “Bu go‘yoki saylovlar deb ataluvchi jarayon konstitutsiyaviy tartibga hujum va Venesuelaning demokratik an'analarining haqoratlanishidir”, deb aytgan Pompeo. Uning aytishicha, “Maduroning tuzumi halol, shaffof va erkin saylovlar orqali demokratiya yo‘liga turmas ekan, uning hukumati xalqaro hamjamiyatdan yakkalangan holda bo‘ladi”.
Venesuelada 20 may kuni o‘tgan saylovlarda amaldagi prezident Nikolas Maduro 5,8 mlndan ko‘proq ovoz bilan g‘olib bo‘ldi. Uning asosiy raqibi Enri Falkonga 1,8 mlnta ovoz berilgan.
Ovoz berish natijalari e'lon qilinishidan oldinoq Falkon ularni tan olishdan bosh tortgan va hukumatni saylovchilar ovozlarini sotib olishda ayblagan.
Mavzuga oid
14:58
Nemislarning ko‘pchiligi Rossiyadan keyin AQShni tinchlikka eng katta tahdid deb hisoblaydi
10:20
AQSh Tinch okeanida narkosavdogarlarga tegishli deb aytilgan kemaga zarba berdi
09:09
AQSh Rossiyaning “yashirin floti”ga aloqador tankerni qo‘lga oldi
08:36