Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerika davlatlari tashkiloti Venesueladagi prezident saylovlari natijalarini tan olmadi
Amerika davlatlari tashkiloti (ADT) Venesuelada 20 may kuni o‘tgan prezident saylovlari natijalarini tan olmaydi. Bu haqda tashkilot bosh kotibi Luis Almagro ma'lum qildi.
Saylovlar natijalariga ko‘ra amaldagi prezident Nikolas Maduro lavozimini saqlab qoldi.
“Biz Nikolas Maduroni Venesuelaning qonuniy prezidenti deb tan olmaymiz. Mamlakatga qonunchilikka asoslangan saylov tizimini yarata oladigan muvaqqat hukumat kerak”, deb yozgan Almagro.
“20 may Amerikalardagi demokratiya uchun benomus kun bo‘ldi. Diktator Nikolas Maduro o‘zining totalitar tuzumini demokratiya deb atalgan kiyim bilan muvaffaqiyatsiz yasantirmoqchi bo‘ldi”, deb yozgan Almagro.
Avvalroq ko‘plab davlatlar Venesueladagi saylovlar natijalarini tan olmasliklarini ma'lum qilishdi. Shunga ko‘ra, Argentina, Braziliya, Kanada, Chili, Kolumbiya, Kosta-Rika, Gvatemala, Gayana, Gonduras, Meksika, Panama, Paragvay, Peru va Sent-Lyusiya hukumatlari Venesuela bilan diplomatik munosabatlar darajasini paysatirishga kelishib olgan. Bunda Karakasdan elchilar chaqirtirib olinadi, Venesuela elchilariga esa norozilik bildiriladi.
Mavzuga oid
08:28
Venesuelada yetti kunlik motam e’lon qilindi
15:38 / 01.07.2026
Venesueladagi zilziladan olti kun o‘tib, 3 yoshli bola vayronalar ostidan tirik qutqarildi
08:55 / 30.06.2026
Venesuelada zilzila qurbonlari soni 1700 nafardan oshdi
09:37 / 29.06.2026