18:58 / 22.05.2018
4376

Xalqaro epizootik byuro assambleyasida O‘zbekiston delegatsiyasi qatnashmoqda

Joriy yilning 20 may kuni Fransiyaning Parij shahrida Xalqaro hayvonlar sog‘lig‘ini himoya qilish tashkiloti (Xalqaro Epizootik Byuro) assambleyasining 86-Bosh sessiyasi o‘z ishini boshladi. Unda dunyoning 181 mamlakatidan 800 nafarga yaqin delegat, xususan Davlat veterinariya qo‘mitasi raisi B.Norqobilov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Foto: Davlat veterinariya qo‘mitasi matbuot xizmati

Xalqaro Epizootik Byuroga jahonning 181 mamlakati a'zo bo‘lib, tashkilotning oliy organi – Delegatlarning Butunjahon Assambleyasi har yili may oyida Byuroning Parij shahrida joylashgan bosh qarorgohida o‘z sessiyasini o‘tkazadi.

Bosh Assambleyaning joriy yilda o‘tkazilgan sessiyasida hayvonlar kasalliklari sohasida yangi xalqaro standartlar qabul qilinishi, xususan, hayvonlar kasalliklariga qarshi kurashish, shuningdek, hayvonlardan odamlarga yuqadigan kasalliklarga qarshi kurashish (ularning nazorati) hamda hayvonlarni muhofaza qilish sohasida, xalqaro savdo-sotiq aloqalarida oziq-ovqat mahsulotlari, ayniqsa, chorvachilik mahsulotlari xavfsizligini ta'minlash kabi sohalarda dolzarb masalalar ko‘rib chiqilishi belgilangan.

Foto: Davlat veterinariya qo‘mitasi matbuot xizmati

Bosh sessiyaning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi davlat veterinariya qo‘mitasi raisi B.Norqobilov so‘zga chiqdi. U O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan, veterinariya sohasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar, sohada erishilgan yutuqlar va natijalar hamda Xalqaro Epizootik Byuro bilan O‘zbekiston hukumati hamkorligining yangi davri boshlanishiga doir fikrlarini ilgari surdi.

Xalqaro Epizootik Byuro assambleyasining 86-Bosh sessiyasi 25 mayga qadar davom etadi.

Top