Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Instagram'da nojoiz so‘zlarni taqiqlash imkoni paydo bo‘ldi
Foto: instagram
Instagram'ning yangilangan 46.0 versiyasida foydalanuvchilarga xush kelmaydigan yoki ularni haqorat qiluvchi sharhlarni filtrlovchi yangi imkoniyat paydo bo‘ldi. RG Digital shu haqida xabar berdi.
"Bizning rahbariyatimiz Instagram'da nojoiz so‘zlarni qo‘llashni taqiqlaydi va biz bu muammoni bartaraf etish uchun barcha sa'y-harakatlarimizni ishga solamiz", - deyishdi ishlab chiqaruvchilar.
Instagram vakillari yangi funksiya ijtimoiy tarmoqdan foydalanishni yanada yoqimli qilishi va vaziyatni yaxshilash imkonini berishini va'da qilishmoqda.
Manbaga ko‘ra, mute tugmasi ma'lum bir foydalanuvchilar sahifasiga obunani bekor qilmay turib, ularning postlari va tarixlarini yashirish imkonini beradi.
Yangi funksiyani faollashtirish uchun foydalanuvchi surati yoki uning profili tepasidagi (o‘ng tomonda) "..." belgisini bosish kerak. Rejimni o‘chirish ham xuddi shunday profil orqali amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, qo‘llash mumkin bo‘lmagan so‘zlar ro‘yxatini tuzish yoki standart ro‘yxatdan foydalanish mumkin.
"Rad etilgan" akkaunt bundan xabar topmaydi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
11:21 / 25.10.2025
Yevrokomissiya TikTok, Facebook va Instagram’da qonunbuzarliklarni aniqladi
23:44 / 14.10.2025
Instagram o‘smirlar uchun yangi cheklovlarni joriy qildi
23:38 / 07.10.2025
Instagram mualliflar uchun Rings mukofotini ta’sis etdi
22:04 / 07.10.2025