O‘zbekiston | 01:20 / 23.05.2018
8713
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistondagi elektron kommersiya ko‘rsatkichlari mamlakat salohiyatiga nomuvofiq - Azim Ahmadxo‘jayev 

O‘zbekistondagi elektron kommersiya rivoji ko‘rsatkichlari mamlakat salohiyatiga javob bermaydi, deb hisoblaydi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar rivoji vaziri Azim Ahmadxo‘jayev.

"Elektron kommersiya ko‘rsatkichlari juda past va mamlakat salohiyatiga muvofiq emas", - dedi vazir MiTC ROAD MAP 2018 tadbirida.

Uning ishonch bildirishicha, vazirlik tuzilmasida ishga tushirilgan raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish boshqarmasi va elektron kommersiyani rivojlantirish bo‘limi bu vaziyatni to‘g‘irlay oladi. 

Azim Ahmadxo‘jayevning so‘zlariga ko‘ra, raqamli iqtisodiyot rivojining ustuvor jihatlaridan biri elektron kommersiyadir. Biroq mamlakatdagi internet darajasi - "raqamli transformatsiya yo‘lidagi to‘siq". "An'anaviy biznes sekin-asta raqamli ko‘lamga o‘tmoqda, raqamli tovarlar bozori faol rivojlanmoqda", - deydi vazir.U shuningdek elektron kommersiya ishtirokchilari milliy reyestri va 2018-2021 yillar uchun elektron kommersiyani rivojlantirish dasturining ishlab chiqilishi, bu esa soha yo‘lida yangi imkoniyatlarni ochishini aytdi.

Mavzuga oid