Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zatom direktori AES masalasida jizzaxliklar nomidan bayonot berdi
Azim Ahmadxo‘jayev Rossiya ishtirokidagi AES loyihasiga Jizzax aholisi xayrixoh ekanini iddao qildi. Uning Moskvadagi forumda aytishicha, mahalliy aholi: “Qachon? Qachon endi boshlaysizlar?” deb so‘rayapti, “oqsoqollar qiziqish bildirib qurilish maydoniga kelyapti”. Ahmadxo‘jayevning va’da qilishicha, AES qurilishi natijasida Jizzax viloyatida “hayot sifati karrasiga oshadi”.
Azim Ahmadxo‘jayev / Foto: O‘zatom
O‘zatom agentligi direktori Azim Ahmadxo‘jayev Moskvada o‘tgan Jahon atom haftaligi forumida Jizzax viloyati aholisi Rossiya bilan hamkorlikda qurilajak AESga ijobiy munosabatda ekanini iddao qildi.
“Mahalliy aholimiz so‘rayapti: “Qachon? Qachon endi boshlaysizlar?” Ular boshlashga qo‘llaridan kelgancha yordamlashishyapti, keksalar qurilish maydoniga kelishyapti, qiziqishyapti. Nega? Chunki ular bu loyihaning multiplikativ samarasini tushunishyapti: mintaqaga ham, umuman viloyatga ham hamma yo‘nalishlar bo‘yicha taraqqiyot keladi”, – deya uning so‘zlarini keltirdi Gazeta.uz.
Ahmadxo‘jayevning qo‘shimcha qilishicha, AESga xizmat ko‘rsatish uchun maishiy xizmatlarga talab yuzaga kelishini odamlar tushunib turibdi. Masalan, ijtimoiy va infratuzilma obektlari quriladi.
“Hududda hayot sifati karrasiga oshadi”, dedi O‘zatom rahbari.
Ahmadxo‘jayevga ko‘ra, jizzaxliklar o‘z vatanini tashlab, hech qayerga ketmoqchi emas.
“Biz ular hech qayerga ketishni xohlamayotganini aniq-ravshan ko‘rib turibmiz. Ular bu rivojlanishning ishtirokchisi va ushbu yo‘nalishda birinchi bo‘lishni xohlashyapti. Ular boshqa hududlarga ham aslida yaxshi, yuqori madaniy darajada yashash mumkinligini, shu bilan birga yaratuvchanlik jarayonlarida ishtirok etish va hudud taraqqiyoti tarixining bir qismiga aylanish borasida namuna ko‘rsata olishadi”, – dedi O‘zbekiston hukumatining AESga mas’ul a’zosi.
Mavzuga oid
15:55 / 02.12.2025
Ulug‘bek Mustafoyev Jizzax viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi
15:20 / 02.12.2025
Prezident Jizzaxda yangi tibbiyot klasterining dastlabki bosqichi bilan tanishdi
12:48 / 02.12.2025
Shavkat Mirziyoyev Jizzaxda yangi yo‘l o‘tkazgich va AES loyihalari bilan tanishdi
11:04 / 02.12.2025