Bugun, 24 mart kuni Jizzax viloyati Foriş tumanidagi bölajak atom elektr stansiyasi quriliş maydonçasida dastlabki beton işlariga rasman start berildi. Şu kuni Rossiya tomoni bilan loyiha yuzasidan yangi hujjatlar ham imzolandi.
Hujjatlar imzolandi
“Özatom” va “Rosatom” örtasida atom va unga yondoş sohalardagi hamkorlik böyiça “Yöl xaritasi” hamda Özbekistonda integratsiyalaşgan AESni quriş böyiça şartnomaga doir kelişuv imzolandi.
Hujjatni Toşkentdagi tadbirda “Özatom” agentligi direktori Azim Ahmadxöjayev va “Rosatom” davlat korporatsiyasi boş direktori Aleksey Lixaçyov imzoladi.

“Yöl xaritasi” AES qurilişi loyihasini amalga oşiriş bosqiçlari, yuqori malakali kadrlarni tayyorlaş, atom energetikasining jamoatçilik tomonidan qabul qilinişini ta’minlaş, bölajak atomçilar şaharçasi infratuzilmasini yaratiş va sohani kompleks rivojlantirişni öz içiga oladi.
Stansiyaning yangilangan konfiguratsiyasini tasdiqlovçi kontraktga doir bitim esa 3+ avlodiga mansub VVER-1000 reaktorlariga ega ikkita energoblok hamda RITM-200N reaktorlariga ega ikkita energoblok (har biri 55 MVt) barpo etişni nazarda tutadi.
Stansiya töliq quvvat bilan işga tuşgaç, yiliga qariyb 15,4 mlrd kWh elektr energiyasi işlab çiqaradi – bu Özbekistondagi umumiy elektr energiyasi iste’molining 15 foizidan ortiğini taşkil etadi, deyiladi rasmiy bayonotda.
Birinçi beton quyildi
24 mart kuni Foriş tumanidagi quriliş maydonçasida RITM-200N reaktoriga ega kam quvvatli atom elektr stansiyasi energoblokini barpo etiş doirasida dastlabki beton işlarini boşlaşga bağişlangan marosim bölib ötdi.

Marosim Özbekistonda AES qurilişi direksiyasi direktori Abdijamil Kalmuratov va “Atomstroyeksport” AJ vitse-prezidenti – Özbekistonda AES qurilişi loyihasi direktori (“Rosatom” davlat korporatsiyasining muhandislik divizioni) Pavel Bezrukov iştirokida ötdi.
















