Jahon | 22:44 / 24.05.2018
11275
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda yadroviy raketalar giyohvand zobitlar tomonidan nazorat qilingan – OAV

Foto: AP/ROBERT BURNS

AQSh harbiy-havo kuchlarining Vayomingdagi global hujumkor qo‘mondonligi 20-havo armiyasining zobitlari giyohvand moddalar ta'siri ostida bo‘la turib Minuteman III ballistik raketalari yonida navbatchilik qilishgan.

Jurnalistlar 20-havo armiyasi qo‘mondonligi 2015 va 2016 yillarda maxsus tarkib tomonidan og‘ir ta'sir qiluvchi giyohvand moddalar, jumladan kokain va psixotrop moddalar qabul qilingani holatini muntazam yashirib kelgan. Bu nafaqat nizomning buzilishi, balki og‘ir jinoyatlar toifasiga kiradi.

Zobitlar so‘roq qilinganlarida yadroviy qurol yonida bo‘la turib, kuchli  gallyutsinatsiyalar, qo‘rquv va sarosima his qilishganini tan olishgan. Bundadn AQSh harbiy politsiyasi xabar topgan va barcha aybdorlar sud oldida javobgarlikka tortilganlar.

Katta zobit Nikolas Xarris giyohvand moddalar tarqatish va sabotajda ayblangan. Xarrisning o‘zi sudda nafaqat o‘zi giyohvand moddalar qabul qilgani, balki boshqa xizmatdoshlarini ham bu illatga o‘rgatganini tan olgan. 

Ma'lum qilinishicha, Vayoming shtatidagi Uorren aviabazasida LGM-30G “Minitmen” qit'alararo ballistik raketalarga ega uchta raketa eskadrilyasi joylashtirilgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid