Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belgilangan tezlikni oshirish orqali sodir etiladigan YTH oldini olishga doir chora-tadbirlar takomillashtiriladi
Belgilangan tezlikni oshirish orqali sodir etiladigan yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga doir chora-tadbirlar takomillashtiriladi. Bu 2018-2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasida yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash konsepsiyasini 2018-2019 yillarda amalga oshirish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi"da nazarda tutilgan.
Xususan, 2018 yil sentabr oyiga qadar “Xavfsiz yo‘l” loyihasini amalga oshirish doirasida tezlik rejimi buzilishini qayd etuvchi masofaviy avtomatlashtirilgan vositalar joriy etilishini hisobga olib, avtomobil yo‘llarida va shaharlarning ko‘cha-yo‘l tarmog‘ida Yo‘l harakati qoidalari buzilishini avtomatik nazorat qilish va aniqlash tizimlari, shu jumladan mamlakatimiz kompaniyalarining innovatsion ishlanmalari bilan qo‘shimcha ravishda jihozlash dasturi ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Bu borada Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, LBMA, IIV, manfaatdor vazirliklar va idoralar mas'ul etib belgilandi.
Shuningdek, 2018 yil oktabr oyiga qadar aholi punktlari hududlari bo‘ylab o‘tadigan avtomobil yo‘llari uchastkalarida yo‘l-transport hodisalari ko‘p uchraydigan joylarni qurish, rekonstruksiya qilish va texnik qayta qurollantirish (sun'iy yoritish vositalari bilan jihozlash) ishlari amalga oshiriladi. Bu borada QR Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari, IIV, manfaatdor vazirliklar va idoralar mas'ul etib belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 74ta post faoliyati tugatilayotgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
14:02 / 09.06.2026
Qozog‘istonda YTHga uchragan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
13:47 / 09.06.2026
Navoiyda Tico yuk mashinasi yo‘liga chiqib ketdi
21:03 / 06.06.2026
Toshkentda avtobus orqaga yurayotgan payti piyodani bosib ketdi
15:21 / 03.06.2026