Jahon | 17:14 / 24.05.2018
8797
2 daqiqa o‘qiladi

Yoqutistonda erkak 5 kishini otib tashladi va o‘z joniga qasd qildi

Foto: Rossiya Federatsiyasi tergov komiteti

Rossiyaning Yoqutistonida erkak kishi ov miltig‘idan besh kishini otib tashladi va o‘z joniga qasd qildi. Bu holat Xangalass ulusining Bulgunnyaxtax qishlog‘ida ro‘y berdi, deb xabar tarqatgan ysia.ru.

Bulgunnyaxtax qishlog‘i rahbari Denis Uvarovning aytishicha, hujum qilgan shaxs o‘z qo‘shnilarining uyiga bostirib kirib, to‘rt nafar yoshi katta inson va bir bolani otib o‘ldirgan, deb xabar qilmoqda Yakutsk.ru. Shundan so‘ng erkak o‘z joniga qasd qilgan.

Mahalliy fuqarolarning so‘zlariga ko‘ra, hujum qilgan erkak qishloqqa taxminan 10 yil avval ko‘chib kelgan va shu yerdan uy sotib olgan. Uni odamovi va ruhiy beqaror inson sifatida baholashdi.

«Avval uning tomonidan hech qanday tajovuzkorlik yuz bermagandi, biroq u har doim g‘alati ko‘rinardi. U shunday vahshiylikka borishini hech kim kutmagandi», - degan mahalliy fuqarolardan biri.

Foto: Rossiya Federatsiyasi tergov komiteti
Foto: Rossiya Federatsiyasi tergov komiteti
Foto: ysia.ru

Qayd etilishicha, fojia joyida huquqni muhofaza qilish organlari ishlamoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid